tadqikot
tashkilotlari, birlashma, assosiatsiya, korpooratsiya, xolding, tarmoq,
vazirlik va boshqa
mulk shaklidan qat`iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar,
muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish
tartibi belgilangan.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo`yicha yo`riqnoma,
maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ro`xsat beriladi.
Bug’ va issiqlik qozonlari, yuk ko`tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi
idishlar, elektr
uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o`kuv kurslarini
bitirganlari xaqida hujjatlari bo`lsagina ishlashga ruxsat beriladi.
Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o`qitish va ularni to`g’ri tashkil qilish bo`yicha
umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga
yuklanadi.
TSexlarda, bo`limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga o`rgatish shu
tsex hamda bo`lim rahbarlariga, shuningdek, o`z vaqtida va sifatli o`qitishni
nazorat qilish esa
mehnat muhofazasi bo`limlari zimmasiga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: