1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.Hayot faoliyati xavfsizligini huquqiy asoslari va mazmuni.
- Xalqaro Mehnat Tashkiloti
1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari Reja: 2.1. Hayot faoliyati xavfsizligini huquqiy asoslari va mazmuni. 2.2. Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi. 2.3. Mehnat xavfsizligi bo’yicha qoida va talablarni buzuvchi shaxslar javobgarligi. 2.4. Mehnatni muhofaza qilish qonunlariga rioya qilishda davlat, muassasa va jamoat nazorati. 2.5. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga oʻqitish tizimi. 2.6. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayonida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish tadbirlari. Tayanch iboralar: Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Sanitariya qoidalari va me’yorlari (SQ va M), mehnat xavfsizligi standartlar tizimi (MXST), javobgarlik turlari, nazorat organlari, ma’muriy jamoat nazorati. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. G’oyipov H.E. «Mehnat muhofazasi» Toshkent. 2000 y. 2. Belyakov G.I. Oxrana truda, M.: VO Agropromizdat, 1990 g. 3. Zaytsev V.P., Sverdlov M.S. Oxrana truda v jivotnovodstve. M.: VO „Agropromizdat", 1989 4. O’zbekiston Respublikasinining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonuni T. Sharq 1993y 5. O’zbekiston Respublikasinining Mehnat kodeksi. T. — 2006 6. O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi.T. 2003y. 2.1.Hayot faoliyati xavfsizligini huquqiy asoslari va mazmuni. Mamlakatimizda mehnat muhofazasi qonun hujjatlari asosida belgilab qo’yilgan bo’lib, tartibga solinadi, boshqarib turiladi. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan kishilarni, ayniqsa ayollar va o’smirlarni og’ir va sog’liq uchun zararli bo’lgan ishlardan ozod qilish, qisqartirilgan ish kuni huquqi qonun bilan belgilab qo ’yilishi, homiladorlik ta’tili, bola tarbiyasiga beriladigan ta’tilning uch yilgacha uzaytirilishi va boshqa imtiyozlar bunga misol bo’la oladi. Ayniqsa, mustaqqillikdan keyin Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomondan ishlab chiqgan konventsiyalarni ratifikatsiya qilinishi buning yaqqol dalilidir. Respublikada sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish davlat ahamiyatiga molik ishdir. Sharoiti og’ir va zararli ishlarda ayollar va yoshlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. Homilador ayollarning tunda va ishdan tashqari vaqtda ishlashlari cheklangan. Qonunda sharoiti zararli bo’lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslanish bilan bog’liq ishlarda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga belgilangan me’yorlarga muvofiq bepul jomakor, maxsus poyabzal va boshqa turdagi yakka tartibdagi himoya vositalari, sut yoki uning o’rnini bosa oladigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari berilishi ko’zda tutilgan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling