1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
-m o d d a. Ishga qabul qilishga yo ’l qo ’yiladigan yosh
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Ozbekiston respublikasi MK).
77-m o d d a. Ishga qabul qilishga yo ’l qo ’yiladigan yosh
Ishga qabul qilishga o ’n olti yoshdan yo ’l qo ’yiladi. O’n besh yoshga to ’lga n shaxslar ota- onasidan birining yoki ular o ’mini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qshshnishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari va o ’rta maxsus o ’quv yurtlarining o ’quvchilarini o ’n to ’rt yoshga to ’lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o ’rnini bosuvchi shaxsning roziliga bilan bolalarning sog ’lig ’iga va kamol topishiga ziyon etkazmaydigan va ta ’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni o ’qishdan bo ’sh vaqtlarda bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning 241- moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. (Ozbekiston respublikasi MK). 18 yoshga kirmagan shaxslarni og’ir, zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlatish mumkin emasligi mehnat kodeksining quyidagi moddasida o’z aksini topgan : 241- modda. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan ishlar O’n sakkiz yoshga to ’lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog ’lig ’i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazilish mumkin bo ’lgan mehnat sharoiti, noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi. O’n sakkiz yoshga to ’lmagan shaxslarning belgilab qo ’yilgan me’yordan ortiq og’ir yuk ko’tarishlari va tashishlariga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan ishlar ro’yxati va o ’n sakkiz yoshga to ’lmagan shaxslar ko ’tarishlari va tashishlari mumkin bo ’lgan og ’ir yuk me’yorlarining chegarasini O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofoza qilish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Sog ’liqni saqlash vazirligi O ’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning vakillari maslahatini olgan holda belgilaydi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling