4
to’lmagan o’smirlarni ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishlarga jalb qilish mumkin
emas (245-modda). 16-18 yoshdagi o’smirlar uchun tashiydigan va siljitadigan yukning og’irligi
o’g’il bolalar uchun 13 kg, qizlar uchun 7 kg dan ortiq bo’lmasligi kerak. O’smirlar uchun
uzluksiz tashiydigan va siljitadigan yukning miqdori 4,1 kg dan ko’p bo’lmasligi lozim, 14-15
yoshdagi o’smirlar uchun esa me’yor 2 martagacha kamaytiriladi (SQ va M 0052-96).
O’smirlar doimiy ishga 16 yoshdan
qabul qilishga ruxsat etiladi, ayrim hollarda 15 yoshga
to’lgan shaxslar ota- onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsdan yozma ravishdagi
roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash
maqsadida
umumta’lim maktablari, hunar-texnika bilim yurti va o’rta maxsus o’quv yurti o’quvchilarini 14
yoshga to’lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning roziligi
bilan o’smirlarning voya va kamol topishiga ziyon etkazmaydigan va ta’lim olish jarayonini
buzmaydigan yengil ishlarni, o’qishdan bo’sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l
qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: