1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
(Ozbekiston 


3
respublikasi MMQQ).
Shu bilan birga ishlab chiqaruvchi va ishlovchi o’ratasidagi munosabatlarni huquqiy 
asosini belgilovchi qonun “O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi “ O’zbekiston 
Reslublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 21 dekabrdagi 161-1 sonli qarori asosida tasdiqlandi va 
1995 yil 21 dekabrdagi 162-1 sonli qaror asosida 1996 yil 1-aprelidan amalga joriy qilindi. 
Mazkur qonun 16 bob va 294 moddadan tashkil topgan bo’lib, 13-bobi (211-223 
moddalar) mehnat muhofazasiga bag’ishlangan. 
O’zbekiston Respublikasi hududida mehnat munosabatlarini tartibga solishni huquqiy asosi 
Mehnat kodeksiga binoan: 
1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar. 
O’zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to’g’risidagi 
qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal 
me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O’zbekiston Respublikasi 
qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va Jo’qori Kenges qarorlari, O’zbekiston 
Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Hukumatining 
qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o’z vakolatlari 
doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir. 
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda
shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo’yicha 
ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to’g’risidagi 
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
(Ozbekiston respublikasi MK )
211-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari 
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat 
sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining 
majburiyatiga kiradi. 
Mehnatni muhofaza qilish talablari ushbu Kodeks, mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi 
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi. 
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling