1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
MK). 126-modda. Dam olish vaqti tushunchasi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Ozbekiston respublikasi MK).
MK).
126-modda. Dam olish vaqti tushunchasi Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo’lgan va bundan u o’z ixtiyoriga ko ’ra foydalanishi mumkin bo ’lgan vaqtdir. (Ozbekiston respublikasi MK). 128-modda. Kundalik dam olish vaqtining muddati Ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o ’rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati o ’n ikki soatdan kam bo ’lishi mumkin emas. (Ozbekiston respublikasi MK). Xodimlarni dam oladigan kunlari ishga jalb etish (120, 132, 245-moddalarda) belgilangan cheklanishlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishda texnik va boshqa sabablarga ko’ra ishni to’xtatib turish mumkin bo’lmagan joylarda, aholiga xizmat ko’rsatish zarurati bo’lgan ishlarda, shuningdek kechiktirib bo’lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish tushirish ishlarida bayram kunlari ishlashga ruxsat etiladi (132-modda). Dam olish va bayram kunlari bajariladigan ishlar uchun kompensatsiya va haq to’lash mehnat kodeksining 157- moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Korxonalar va ayrim ishlab chiqarishlarda ish turiga qarab, kundalik yoki haftalik ish kuniga rioya qilib bo’lmaydigan toifadagi ishchilar va xizmatchilarga, kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda ish kunini jamlab hisobga olish (123-modda) usulini kiritishga yo’l qo’yiladi. Qishloq xo’jalik dala ishlarining qizg’in pallasida, ish kunini 12 soatga uzaytirish va dala ishlari kamayganda yoki qish vaqtida ish kunining davom etishini 5 soatga qisqartirishga ruxsat beriladi, bunda faqat yil mobaynida ish vaqtini jamlab hisoblashga rioya qilinadi. Hamma ishchi, xizmatchi va o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi, o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tilini berishi lozim (133 modda). Uning muddati mehnat kodeksining 134,135-moddalarida aks ettirilgan. Zararli mehnat sharoitlarida ish bajaradigan ishchi va xizmatchilarga qo’shimcha ta’tildan tashqari (137,138- moddalar), qisqartirilgan ish kuni joriy etiladi (117,118- moddalar). Korxonalarda qo’shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro’yxati, ta’tillarning muddati, ularni berish tartibi va sharoitlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalarida belgilab qo’yiladi, agar ular tuzilmagan bo’lsa, ish bilan ta’minlovchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib olingandan keyin belgilanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling