1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


Xotin-qizlar mehnatini muhofaza qilish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Xotin-qizlar mehnatini muhofaza qilish. Ayollar mehnatini taqiqlaydigan noqulay mehnat 
sharoitlaridagi ishlarning ro’yxati va yuklarni ko’tarishda, hamda kuzga-qishga 
me’yorlashtirilgan yuklarning sanitariya me’yorlari, homilador ayollar yengil ishlarga yoki ish 
soati to’liq bo’lmagan ish joylariga o’tkazish mehnat kodeksi va mehnat muhofazasi bo’yicha 
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosidagi talablarga javob berishi shart. 
225-modda. Ayollar mehnatini qo’llanish taqiqlanadigan ishlar. 
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini 
qo’llash taqiqlanadi, yer ostidagi ba 'zi ishlar (jismoniy bo ’lmagan ishlar yoki sanitariya va 
maishiy xizmat ko ’rsatish ishlari) bundan mustasnodir. 
Ayollarning ular uchun mumkin bo'lgan me'yordan ortiq yukni ko 'tarishlari va tashishlari 
man etiladi. 
Ayollar mehnatini qo’llash taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlarning ro 'yxati 
hamda ular ko'tarishlari va tashishlari mumkin bo'lgan yuk me'yorlarining chegarasini 
O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O'zbekiston 
Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi 


6
va ish beruvchilarning vakillari maslahatini olgan holda tasdiqlaydi. 
(Ozbekiston respublikasi MK).
226-modda. Homilador ayollarni yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining 
ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkazish. 
Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish me'yorlari, xizmat 
ko'rsatish me'yorlari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o'rtacha oylik ish haqi saqlangan 
holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga 
o'tkaziladi. 
Homilador ayolga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta'siridan xoli bo'lgan ish 
berish masalasi hal etilgunga qadar, u ana shu sababdan ishga chiqmagan barcha ish kunlari 
uchun o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling