1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
2.2.Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi. 
Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) bu o’zaro bog’liq standartlar to’plamidan 
iborat bo’lib, ular uch guruhga bo’linadi va quyidagilarni belgilaydi: 

Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga doir umumiy talablar hamda me’yorlar; 

Ishlab chiqarish jarayonlariga doir xavfsizlikning umumiy talablari; 

Ishlovchilarni himoyalash vositalariga doir talablar

Mehnat xavfsizligini baholash uslubi. 
«O’zstandart» davlat agentligi standartlarning amal qilish vaqtini besh yil muddatga 
belgilaydi va ushbu muddat o’tgandan so’ng ular yangilanadi va qayta ko’rib chiqiladi. MXST 
standartlari umumdavlat, tarmoq, respublika miqyosida bo’lishi mumkin. Ushbu standartlarga 
ko’rsatilgan talablar va qoidalarni barcha vazirliklar, idoralar, xo’jalik va muassasalar bajarishga 
majbur. Ularga amal qilmaganlar qonun yo’li bilan jazolanadilar. 
MXST faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda xavfsizlikning talablari, me’yorlari va 
qoidalaridan iborat bo’lib, ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda kishilarning ish 
qobiliyatini va sog’lig’ini saqlashga yo’naltirilgan tizimdir. Tizim shuningdek, umumdavlat, 
tarmoq va korxonalar standartlarini o’z ichiga oladi. Asos bo’ladigan davlat standartlar tizimida 
atamalar ta’rifi va tushunchalar berilgan bo’lib, mehnatni muhofaza qilishda: 

ishlab 
chiqarishdagi hisobga olinadigan zararli omillarning tasnifi; 

ishlab chiqarish uskunalari va 
jarayonlaridagi himoyalanish vositalari tasnifi; 

bino va inshootlarga qo’yiladigan xavfsizlik 
talablari me’yorlari bayon etilgan. 
MXSTning mazmuni, tizimi va vazifasi, shuningdek tuzilishi, standartlar mazmuni va 
kelishuvi rOCT 12.0.001.82da ifodalangan bo’lib, bunda: 

birinchi ikki son (12) shu rOCTni MXST ga qarashli ekanligini; 

uchinchi son (0) — tizim «ost» (tarmoq) shifrini

keyingi uch son (001) — «ost»( tarmoq) tizim standartining tartib raqamini; 

va oxirgi ikki son (82) — standartning ro’yxatga olingan yilini ko’rsatadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan turli xususyatli noqulay xavli va zarali 
omillarning inson sog’ligiga salbiy ta’siri hisobga olinib MXST quyidagi guro’hlarda o’z 
ifodasini topgan: 

Birinchi guro’hdagi MXST-rOCT 12.1.008-76-«Biologik xavfsizlik»; 

Ikkinchi guro’hdagi MXST-rOCT 12.2.019-86- «Qishloq xo’jaligi traktorlari va uziyurar 
mashinalarga qo’yiladigan xavfsizlik»; 

Uchunchi guro’hdagi MXST-rOCT 12.3.00275-«Ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik 
jaranyonlarga, ish joylari va maydonlariga, ishchi o’rinlarini tashkil qilishga qo’yiladigan 
xavfsizlik talablarini»; 

To’rtinchi guro’hdagi MXST- rOCT 12.4.024-76-«Ishchilarni xavfli omillardan 
himoyalash chora va vositalari». 

Beshinchi guro’h standartlari xavfsizlik talablarini nazorat qilish usullarini, injener 
tarmoqlarining tuzilishini, inshoot va binolardan foydalanish va ta’mirlanishni, qurilish 
jarayonlarida xafsizlikni ta’minlashni o’z ichiga oladi. 
Tarmoq standartlari (TS), umumdavlat standartlari negizida yaratilgan bo’lib, mehnat 
muhofazasi qoida va me’yorlariga aniqlikni ushbu tarmoq sharoitiga muvofiq kiritadi. Masalan, 
tarmoq standard TS 46.0.12682. «Qishloq xo’jaligida mehnatni muhofaza qilish bo’yicha 
o’qitishlarni tashkil qilish»ning yagona tartibini o’rnatadi. 


8
Hamma standart va qo’llanmalar fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan holda 
o’zgartirishlar kiritish maqsadida har besh yilda qaytadan ko’rib chiqilishi shart. 
2.3.Mehnat xavfsizligi bo’yicha qoida va talablarni buzuvchi shaxslar javobgarligi 
Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishi uchun qat’iy 
javobgarlik belgilaydi. Baxtsiz hodisaning og’ir-yengillik darajasiga qarab javobgarlikni biror 
turi qo’llaniladi. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni 
buzganlik uchun javobgarlik «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning, quyidagi 
moddalarida o’z aksini topgan.
25-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmagani uchun korxonalarning 
javobgarligi 
Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi uchun ishlab 
chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug’urta qilish maqsadlariga 
oshirilgan tariflar bo ’yicha mablag’lar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar 
xavfliligi, zararliligi va og’irligiga bog’liq holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat 
sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta ko’rib chiqish uchun asos 
hisoblanadi. 
(25-moddaga O’zbekiston Respublikasining 12.05.2001y. 220- II -son Qonuniga muvofiq o 
’zgartishlar kiritilgan) 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling