(Ozbekiston respublikasi
MK).
228-modda. Tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish kunlaridagi
ishlarda ayollar mehnatini qo’llanishni va ularni xizmat safariga yuborishni cheklash
Homilador ayollarni va o'n to'rt yoshga to'lmagan bolasi (o'n olti yoshga to'lmagan nogiron
bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish
kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo'l qo 'yilmaydi. Shu bilan birga
homilador ayollarni va uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga
bunday ish ona va bolaning sog'lig'i uchun xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa
bo'lgan taqdirdagina yo'l qo 'yiladi.
(Ozbekiston respublikasi MK).
Jamoa va mehnat shartnomalari. O’zbekiston Respublikasining mehnat kodeksining 29-
56 va 72-113- moddalariga asosan mehnat munosabatlarini tartibga solish uchun jamoa va
mehnat shartnomalari tuziladi va ma’muriyatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
>
Sog’lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash;
>
Kasb kasalliklarini va jarohatlarni ogohlantiruvchi zamonaviy xavfsizlik texnika
vositalarini tatbiq qilish;
>
Ishchi xizmatchilarni bepul korjoma va himoya vositalari bilan ta’minlash;
>
Zararli ish sharoitlarida sut va maxsus ovqatlar bilan ta’minlash;
>
Tibbiyot ko’riklarini o’z vaqtida o’tkazib turish;
>
Yo’riqnomalarning barcha turlarini o’z vaqtida o ’tkazib turish.
29-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadi
Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o'rtasidagi mehnatga oid,
ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatdir.
Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish
bilan ta'minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o'z ichiga oluvchi
me'yoriy hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid
munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini
muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |