1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


-modda. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
14-modda. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari 
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assosiatsiyalar, boshqa xo’jalik organlari kasaba 
uyushmalari Markaziy (respublika) qo ’mitasi bilan kelishib o ’zlari tasdiqlaydigan nizomga 
muvofik, mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar. 
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega 
shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va 
undan ziyod transport vositalariga ega bo ’lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo ’l harakati 
xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari 
miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish 
rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi. 
Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo 
’mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o ’z maqomiga ko ’ra korxonaning asosiy 
xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo ’ysunadi. 
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni 
muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo ’linmalari 
rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo ’lgan ko ’rsatmalar 
berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to ’g ’risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni 
javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga 
egadirlar. 
Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari 
ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo ’lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin 


13
emas. 
Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to 
’xtatilgan taqdirdagina tugatiladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling