1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olib borish va tekshirish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
 
222-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olib borish va tekshirish 
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o’z vaqtida tekshirishi va hisobga olib 
borishi shart. 
Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog’i bilan uch kun 
ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to’g’risida dalolatnoma berishi shart. 
 
belgilangan talablari asosida hisobga olinadi va tekshiriladi. 
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa deb yuritiladigan barcha turdagi jarohatlanish, 
shikastlanish, zaharlanish va o’lim holatlarini tekshirish va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 
1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va 
xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq boshqa xil zararlanishini 
tekshirish va hisobga olish to’g’risida”gi Nizom talablariga asosan olib boriladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida, korxona va tashkilotlar hududida sodir bo’lgan tabiiy o’lim, 
o’zini o’zi o’ldirish, jabrlanuvchining o’z salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, 
jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog’ida shikastlanishi holatlari (sud tibbiy ekspertiza 
xulosasi yoki tergov organlarining ma’lumotlariga ko’ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Tekshirish va hisobga olishga korxonada va uning tashqarisida ish vaqtida yuz bergan 
quyidagi baxtsiz hodisalar kiradi: 
jarohatlanish
 zaharlanish; 


18
 kuyish; 
 cho’kish; 
 elektr toki va yashin urishi; 
 o’ta issiq yoki o’ta sovuq harorat ta’siri; 
 portlash, falokat, imoratlar, inshootlar va konstruktsiyalarning buzilishi natijasida hamda 
sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hasharotlar tomonidan jarohatlanishlar; 
 tabiiy ofatlar (yer qimirlashi, o’pirilishlar, suv toshqini, to’fon va boshqalar) natijasida 
salomatlikning boshqa xil zararlanishlari;
 kasb kasalliklari (sog’liqni saqlash vazirligi o’rnatgan va tasdiqlagan ko’rsatmalar bilan 
tekshiriladi); 
 agar mehnat qobiliyatini 1 ish kunidan kam bo’lmagan holda yo’qotilsa H-1 shakldagi 
dalolatnoma 4 nusxada to’ldiriladi va bu dalolatnomaning bir nusxasi tekshiruv materallari 
bilan birgalikda 45 yil arxivda saqlanadi); 
 ish bilan ta’minlovchi topshiriq bermagan bo’lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko’zlab 
qandaydir ishni amalga oshirayotganda; 
 avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo’l 
harakati hodisasi natijasida; 
 korxona transportida yoki, shartnomaga muvofiq o’zga tashkilot transportida ishga
ketayotgan yoki ishdan qaytayotganda; 
 ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish huquqi berilganlik 
haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo’lganda; 
 shanbalik (yakshanbalik) o’tkazilayotganida, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, korxonalarga 
otaliq yordami ko’rsatilayotganda; 
 ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobilyati tibbiy xulosaga 
muvofiq kamida bir kunga yo’qotilsa. 
Ish bilan ta’minlovchi jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga 
davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to’g’risidagi H-1 shakldagi 
dalolatnomaning bir nusxasisni taqdim etadi. 
Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun 
muddat ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini o’rganib chiqadi, mehnatni muhofaza 
qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi, zarur deb 
hisoblasa, ish beruvchidan H-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki qayta tuzishni talab qiladi. 
Ish beruvchi bu talablarni bajarmasa, korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa vakillik 
organi, shuningdek jabrlanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs davlat mehnat texnika 
nazoratchisiga murojaat qiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’lgan quyidagi baxtsiz hodisalar bo’yicha maxsus 
tekshirish olib boriladi: 
 bir vaqtning o’zida ikki va undan ko’p xodimlar bilan yuz bergan guruhiy 
baxtsiz hodisalar;
 o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
 oqibati og’ir baxtsiz hodisalar. 
Guruhiy o’lim bilan tugagan yoki oqibati og’ir baxtsiz hodisa to’g’risida ish bilan 
ta’minlovchi darhol keltirilgan sxemaga binoan quyidagilarga:
 Davlat mehnat texnika nazoratchisiga; 
 mutasaddi xo’jalik organiga; 
 Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish vazirligiga
 viloyat va shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
boshqarmasiga; 
 baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga; 
 baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga; 


19
 O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligiga; 
 «O’zsanoatkontexnazorat» Davlat qo’mitasining mahalliy organiga va 
agar baxtsiz hodisa nazorat ostidagi korxonada yuz bergan bo’lsa, viloyat 
kasaba uyushmalari kengashiga xabar berishi kerak. 
Jarohatlanganlarga korxona tomonidan to’lanadigan pulning miqdori jabrlangan odamning 
o’rtacha oylik ish haqiga bog’liq, uni kasbiy qobiliyatini yo’qotganlik darajasi tibbiy-mehnat 
ekspert komissiyasi (TMEK) va kasaba uyushmasi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish 
komissiyasi xulosasini hisobga olgan holda ma’muriyat tomonidan belgilanadi. Faoliyat bilan 
bog’liq kasallik tufayli, belgilangan nogironlik nafaqasining miqdori mehnat kodeksining 34-
moddasi talablari asosida amalga oshiriladi: 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling