1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish joyidagi navbatdan tashqari yo’riqnoma
- Joriy yo’riqnoma
- Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qitish
Davriy yo’riqnoma. Ishlab chiqarishda faoliyatni xavflilik darajasiga va bajarilish
takroriylilgiga qarab, ishchi-xodimning malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, har olti oydan ko’p bo’lmagan muddatda, yoki har mavsumda, yoki yilida bir marotaba o’tkazib turiladigan yo’riqnoma davriy yoki mavsumiy deb yuritiladi. Yo’riqnomalarni davriy yoki mavsumiy tarzda o’tkazishdan asosiy maqsad – ishchi-xodim va mutaxassislarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga doir bilimlarini yangilab va to’ldirib turishdan iboratdir. Turli sabablar bilan (ta’til, kasallik, xizmat safari va sh. o’.) ishchilarga o’z muddatida o’tkazilmagan yo’riqnoma, keyinchalik o’tkaziladi. Davriy yo’riqnoma o’tkazilganligi haqidagi ma’lumot, maxsus jurnalga yozib rasmiylashtirib qo’yiladi. Ish joyidagi navbatdan tashqari yo’riqnoma quyidagi hollarda o’tkaziladi: - texnologik jarayonlarda o’zgarishlar yuzaga kelganda; - bo’lim yoki hududlarda baxtsiz hodisa yoki halokat yuz berganda; - faoliyat yoki mehnat muhofazasiga doir yangiliklar va o’zgarishlar yuzaga kelgan hollarda; - ishlab chiqarish intizomi, qoida va yo’riqnomalarning talablari buzilishi aniqlangan hollarda. Joriy yo’riqnoma quyidagi hollarda o’tkaziladi: - ishlab chiqarish hududlarida gaz yoki elektr payvandlash ishlari amalga oshirilishi zarurati tug’ilgan paytda; - uch metrdan ko’p bo’lgan balandlikda montaj yoki tozalash ishlari amalga oshirilish zarurati tug’ilganda; - ish kuni davomida xavfli va zararli ishlarni bajarishdan oldin. Joriy yo’riqnoma bolim yoki hudud rahbari tomonidan o’tkazilgandan keyin, maxsus shakldagi xavfi yuqori bo’lgan ishni bajarish uchun ruxsat beruvchi dalolatnoma tol’diriladi. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qitish Ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligining targ’iboti, ishchi xodim va mutaxassislarni ijtmoiy muhofazasi va sog’lig’ini saqlashiga qaratilgan muhim va zarur tadbirlardan biri hisoblanadi. Targ’ibotni amalga oshirish tadbirlari korxona rahbarlari va mutaxassislariga, tarmoq rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Mehnat xavfsizligini targ’ibot qiluvchi ma’lumotlar elektron variantdagi taqdimotlar, animatsiyalar, videroliklar, chop etilgan yo’riqnoma, qo’llanma va talabnomalar, ko’rgazmali vositalar, broshyuralar hamda eslatmalar shaklida bo’lishi talab etiladi. Ishchi xodimlarni o’qitish, bilimlarini oshirish va qayta tayyorlash ham xavsiz va zarasiz mehnat sharoitlarini targ’bot turlaridan biri bo’lib, O’zbekiston Respublikasining “Mehnati muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunining 25-moddasi, O’zbekiston Respublikasi “Mehnati kodeksi”ning 37, 52, 58, 61, 68, 212 va 215-moddalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996 yil 14 avgustda 272-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Mehnat muhofazasi bo’yicha o’qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to’g’risida namunaviy Nizom” talablari va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 apreldagi 246-son «Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to’g’risida»gi qarorining 3-ilovasi «Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi to’g’risida»gi Nizom talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilik asosida davlat nazorat organlari tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan menejerlar, kasb-hunarlari va ish turlari bo'yicha o’qitish, yo’riqnoma olish, qayta tayyorlash va bilimlarini sinash (attestatsiya)dan o’tishlari shart. Sinovdan muvaffaqiyatli o’tmagan xodimlarni korxona rahbari ishga qo’ymaslikka haqli hisoblanadi va ular qayta tayyorlanishga yuboriladi. 17 Ishga yangi qabul qilingan xodimlarni mustaqil ishlashlariga, faqatgina mehnat muhofazasiga oid yo’riqnomalardan o’tgandan keyin, kasbga taalluqli mehnatni muhofaza qilish bo’yicha bilimlari tekshirib ko'rgandan keyin ruxsat beriladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling