1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
-modda. Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berish va ularni
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
25-modda. Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berish va ularni
o’qitish Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o’tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko’rsatishga o’qitishni tashkil etishi shart. Xavfliligi yuqori bo’lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga dastlabki tarzda tayyorlash, kasb bo’yicha imtihonlar topshirgan holda bir oy mobaynida stajirovka va so’ngra mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha davriy attestasiya o’tkaziladi. Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari o’z kasblari va ish turlari uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha o’quvdan o’tishi, yo’l-yo’riqlar olishi, bilimlari tekshirilishi va attestasiyadan o’tishi kerak. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha belgilangan tartibda o’quvdan o’tmagan, yo’l-yo’riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo’yish taqiqlanadi. 15 moddalarida belgilab qo’yilgan: Ishlab chiqarishda mehnat muhofazasiga doir yo’riqnomalarni ishlab chiqish, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 7 yanvarda 870-sonli raqam bilan ro'yxatda olingan “Mehnat muhofazasi bo’cha yoriqnomani ishlab chiqish” to’g’risidagi namunaviy Nizom talablari asosida tuziladi. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'riqnoma xodimlar ishlab chiqarish korxonalarida va unga taalluqli boshqa hududlarda ishchilar o'zlariga yuklatilgan ishlarni yoki xizmat vazifalarini bajaradigan boshqa joylarda xavfsizlikni ta'minlashga doir talablarni belgilaydigan normativ hujjatdir. Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi yo'riqnomalar, korxonada ishlayotganlar uchun yo'riqnoma va namunaviy yo’riqnomalarga bo'linadi. Yo’riqnomalar alohida kasb egalari (elektr dastgohlari, mashinasozlik, mexanik, elektrotexnika, tozalovchi, laboratoriya texnikasi va boshqalar) uchun va ayrim turdagi ishlarni bajarish uchun (balandlikda, montaj ishlarida, ishga tushirishda, ta'mirlash ishlarida, testda va hokazo) ishlab chiqilishi mumkin. Shuningdek, portlatish ishlarini olib boradigan xodimlar, elektrotexnika inshootlari va murakkab eleltron uskunalarga xizmat ko'rsatuvchi xodimlar, yuk ko'tarish mashinalari, qozon uskunalari, bosimli idishlar va boshqa xodimlar uchun yo’riqnomalar ishlab chiqarish va atrof-muhit sohasidagi ish xavfsizligi qoidalari, Davlat nazorat organi tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar, ko'rsatmalar va talablar asosida ishlab chiqiladi. Yo’riqnomalar mazmuni va tarkibi, faqatgina ish xavfsizligi bilan bog'liq bo'lgan va ishchilar o'zlari bajaradigan talablarni o'z ichiga olishi kerak. Namunaviy yo’riqnomalar, mehnat munosabatlari va muhofazasiga oid qonun hujjatlari, mehnat muhofazasi standartlari, soha va sanoat normalari va qoidalari, mehnatni muhofaza qilish bo'yicha boshqa normativ-huquqiy, texnikaviy va tashkiliy-uslubiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lishi lozim. Yo’riqnomalarni mazmuni va tarkibiy qismini qonunchilikga mosligi korxona rahbari (ish beruvchi) tomonidan o’rganiladi. Yo’riqnomalarda keltirilgan talablarni ishchilar tomonidan bajarish va amal qilish majburiydir. Ushbu talablarni bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzilishi sifatida ko'rib chiqiladi. Yo’riqnoma talablarini bajarilishi yuzasidan doimiy ravishda nazoratini amalga oshirish korxona rahbari va uning tarkibiy bo'linmalari xizmatchilari va rahbarlari va mehnatni muhofaza qilish xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Yo’riqnomalar o’tkazish vaqti, joyi va maqsadiga ko’ra kirish va ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma turlariga ega. O’z navbatida ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomalar dastlabki, davriy, joriy va navbatdan tashqari turlarga bo’linadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling