1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Kirish yo’riqnomasi. Barcha ishga kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga 
jo’natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyot o’taydigan talabalar kirish 
yo’riqnomasidan o’tishlari shart. Kirish yo’riqnomasi mehnatni muhofaza qilish xizmati bo’yicha 
mas’ul xodim yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa xodim boshchiligida maxsus jihozlangan xona 
yoki burchaklarda yakka yoki guruh tartibida o’tkaziladi. Agar ishga qabul qilish bevosita 
tarmoqdagi ish joylarida amalga oshirilsa, kirish yo’riqnomasini shu tarmoq boshlig’i tomonidan 
o’tkazilishi shart. Kirish yo’riqnomasida jarohatlanganlarga dastlabki yordam ko’rsatish, yong’in 
xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo’yicha tafsilotlar maxsus tajribaga ega bo’lgan 
mutaxassislar tomonidan o’tkaziladi va maxsus jurnallarga rasmiylashtirilib boriladi. 

Ish joyida o’tkaziladigan dastlabki yo’riqnoma. Kirish yo’riqnomasidan o’tgan ishchi-
xodim, ish joyida faoliyatini boshlashdan oldin dastlabki yo’riqnomadan o’tishlari lozim. Ish 
joyida o’tkaziladigan yo’riqnomadan maqsad - har bir ishchi-xodim va mutaxassisni to’g’ri va 
xavfsiz ish usullariga o’rgatishdan iboratdir. Yo’riqnoma berish jarayonida, ishchiga u ishlaydigan 
uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat mexanizmlari, konstruktiv xususiyatlari, 
paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xavflar, ish joyini sanitariya- gigiyena talablariga mos holda 
tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuntiriladi. 
Yo’riqnoma o’tkazish ishchining bevosita rahbari bo’lgan ustaga yuklatiladi. Ayrim zarur 


16
hollarda bu yo’riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida 
o’tkaziladi. Xodimlarga elektr xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazish va malaka guruhi berish 
xo’jalik bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi. O’tkazilgan yo’riqnoma to’g’risidagi ma’lumotlar 
hudud boshlig’ining maxsus jurnalida qayd etiladi va yo’riqnoma olgan shaxs o’z imzosi bilan 
tasiqlaydi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling