1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
-modda. Xodimning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini yuridik shaxs
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
34-modda. Xodimning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda qoplash Xodimning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda zararning o’rnini qoplash bo’yicha tegishli to’lovlarni to’lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida bo’ladi. Zararning o’rnini qoplash to’g’risidagi talablar ham unga taqdim etiladi. Xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’lgan, qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning mablag’lari mavjud bo’lmagan yoki yetarli bo’lmagan taqdirda tegishli summalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan to’lanadi. Mazkur summalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham davlat tomonidan to’lanadi. Xodimning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda tegishli to’lovlar ularni jabrlanuvchiga to’lash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kapitallashtirilishi kerak. Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki mavjud bo’lmaganligi yoki yetarli bo’lmaganligi sababli to’lovlarni kapitallashtirish mumkin bo’lmagan hollarda tegishli summalar jabrlanuvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan to’lanadi. Xodim vafot etgan hollarda, ish bilan ta’minlovchi marhumning qaramog’ida bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek o’n olti yoshga to’lmagan yoki vafot etgan kunga qadar undan ta’minot olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga, marhumning vafotidan keyin tug’ilgan farzandiga, shuningdek ota-onasiga, umr yo’ldoshiga yoki oilaning boshqa a’zosiga, agar u ishlamasdan marhumning uch yoshga etmagan bolalari yoki nevaralarining parvarishi bilan band bo’lsa, zararni to’lash mehnat kodeksining 194-moddasi talablari asosida amalga oshiriladi: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling