1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
-statistik usul. Bu usul ishlab chiqarish korxonalarida statistik hisobga olingan baxtsiz
hodisalar materiallarini chuqur o’rganishga asoslangan. Statistik usulda tahlil, baxtsiz hodisalarni kamaytirish borasida chora-tadbirlar ko’rish uchun amaliy ma’lumot beradi va ishlab chiqarishda jarohatlanishni ta’riflovchi takrorlanish (chastota) koeffitsiyenti, jarohatning og’irlik koeffitsiyenti o’rtacha ko’rsatkichini olish imkoniyatini beradi. Takrorlanish (chastota) koeffitsiyenti (K t ) 1000 ishchi hisobiga ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarish korxonalariga to’g’ri keladigan baxtsiz hodisalarning o’rtacha miqdorini ko’rsatadi. Uni quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin: s h t I x B К / 1000 21 Bunda: B h – tekshiruv vaqtidagi baxtsiz hodisalar soni; I s - baxtsiz hodisalar sodir bo’lgan vaqtlardagi ishchilarning o’rtacha soni. Baxtsiz hodisaning og’irlilik koeffitsiyenti (K o ) ni, har bir jarohatlanish tufayli o’rtacha yo’qotilgan ish kunlari miqdorini aniqlash uchun quyidagi tenglamadan foydalanamiz: h s o B K К / Bunda: K s — baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo’qotilgan ish kunlari soni; B h — shu davr ichida sodir bo’lgan baxtsiz hodisalar soni. Yuz bergan baxtsiz hodisalarni tahlil qilish va sabablarini o’rganish maqsadida, baxtsiz hodisalarni turlari bo’yicha guruhlash usulidan foydalangan holda takrorlanishini (chastota) aniqlash mumkin. -topografik usul. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarning takrorlanishi haqida ko’rgazmali ma’lumot olinadi. Statistik usul asosida shikastlanish ishchi va xizmatchilar orasida qanday taqsimlanganligi baholanadi. Baholashda ishchining yoshi, staji, kasbi, jinsi, mutaxassisligi, ish vaqti, ish turi va boshqa omillar e’tiborga olinadi. Statistik usulda aniqlanishicha asosiy baxtsiz hodisalar kechki smenada, kam malakaga ega bo’lgan xodimlar va yoshi katta bo’lgan xodimlar (50%) bilan sodir bo’lishi aniqlandi. -monografik usul. Bu usul baxtsiz hodisa yuz bergan ayrim hudud yoki korxona bo’limlarini har tomonlama chuqur o’rganishga asoslangan. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishiga, ishlab chiqarishning xavfli lahzalariga va mehnat sharoitining sanitariya-gigiyenik holatini o’rganishga qaratilgan. Korxonada yuz bergan baxtsiz hodisalar, avariyalar, kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablari aniqlanadi va t’plangan tahliliy ma’lumotlar kelib chiqishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Shu bilan birga tahlil natijalari, qurilayotgan yoki loyihalanayotgan o’xshash korxonalarda aynan xuddi shunday baxtsiz hodisalar kelib chiqmasligi uchun, ogohlantirish va jarayonlarni o’zgartirish, mukammalashtirish chora-tadbirlarini ko’rishda katta ahamiyatga ega. Yuqorida keltirilgan usullar yordamida o’tkazilgan tahlil natijasida baxtsiz hodisalarni kelib chiqishining quyidagi sabalari aniqlangan: -tashkiliy sabablar; -texnikaviy sabablar; -sanitariya-gigiyenik sabablar; -ruhiy-jismoniy sabalar. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling