1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


-modda. Xodimning sog’lig’iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan bir


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
194-modda. Xodimning sog’lig’iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan bir 
yo’la beriladigan nafaqaning miqdori 
Xodimning sog’lig’iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan ish 
beruvchi tomonidan bir yo’la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar bunday 
shartnoma tuzilmagan bo’lsa, —ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning 
boshqa vakillik organi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. 
Bunda xodimning soglig’iga shikast etkazilganligi munosabati bilan bir yo’la beriladigan 
nafaqaning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan, xodimning vafoti munosabati bilan bir 
yo’la beriladigan nafaqaning miqdori esa, marhumning olti yillik o’rtacha ish haqidan kam 
bo’lishi mumkin emas. 
 
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qilishi, ularni mehnat 
jamoasida muhokama qilinishini ta’minlashi va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olishga 
oid chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va joriy etilishiga mas’ul va javobgardir.
Barcha sodir bo’lishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarni, yuzaga kelish joyi, vaqti va 


20
sababariga ko’ra quyidagicha guruhlash mumkin: 

Ishlab chiqarish jarayonida, ish joyida ish vaqtida jarohatlanish

Ish vaqtida, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan jarohatlanish; 

Ishlab chiqarish va ish vaqti bilan bog’liq bo’lmagan jarohatlanish. 
Birinchi turdagi jarohatlanishga ishchining ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni 
bajarishi davomida, ish joyida, sexda, korxona maydonida, yuk ortish va tushirish yoki yuklarni 
boshqa joyga ko’chirish vaqtida olgan jarohatlar turi kiradi. 
Ikkinchi turdagi jarohatlanishga, ishchining korxona transport vositalarida, ishga borib 
kelishi vaqtida, xizmat safari vaqtida, korxona ma’muriyati topshirig’i bilan boshqa joylardagi 
ishlarni bajarganda olgan jarohat kiradi. 
Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy holatlarda, spirtli ichimlik ta’sirida bo’lgan 
paytda, davlat mulkini o’g’irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi. 
Birinchi ikki turdagi baxtsiz hodisa - jarohatlanishga ma’muriyat javobgar hisoblanadi 
va jarohatlanish vaqtida yo’qotilgan ish kunlari uchun haq to’lanadi. Agar jarohatlanish 
ishchining mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib 
chiqqan bo’lsa, unda sodir bo’lgan baxtsiz hodisa uchun ishchi va ma’muriyat xodimi birga 
javobgar hisoblanadi. Baxtsiz hodisa uchun moddiy to’lov miqdori ma’muriyat xodimi va 
ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. 
Kasbiy zaharlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o’tkir zaharlanish va agar uzoq 
muddat davomida odam tanasida zaharli moddalar yig’ilishi natijasida salomatligini 
yamonlashuvga olib kelsa, surunkali zaharlanish deyiladi va u kelajakda kasbiy kasallikni kelib 
chiqishiga sabab bo’ladi.
Baxtsiz hodisalar bo’yicha tekshirish, hisobga olish ishlarini ish beruvchining buyrug’iga 
ko’ra ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi vakillari yoki xodimlarning boshqa vakillik organi 
tarkibida tuzilgan komissiya olib boradi. 
Ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligiga bevosita javob beruvchi rahbar baxtsiz hodisani 
tekshirishda ishtirok etmaydi. 
Komissiya: 
uch kun ichida baxtsiz hodisani tekshirib chiqishi, guvohlar va mehnat muhofazasi qoidalari, 
mehnat xavfsizligi andozalarini buzishga yo’l qo’ygan shaxslarni aniqlab so’roq qilishi, imkoni 
bo’lsa, jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi; 
baxtsiz hodisa sabablarini yo’qotish chora-tadbirlari ko’rsatilgan H-1 shaklidagi 
dalolatnomani tuzish va imzo chekib, ularni tasdiqlash uchun ish beruvchiga berishi kerak. 
Ish beruvchi ishlab chiqarishda baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish 
choralarini ko’radi va tekshirish tugab bo’lgandan keyin, tasdiqlangan H-1 shaklidagi dalolatnomani 
uch sutka davomida jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, tekshirish 
materiallari bilan birga korxona mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, 
mutaxassisi)ga, davlat mehnat texnika nazoratchisi va yuqori turuvchi boshqaruv organiga yuboradi. 
H-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisalar korxona tomonidan 
hisobga olinadi va daftarda qayd qilinadi. 
Baxtsiz hodisalarni sodir bo’lish holatini oldini olish maqsadida, ularni kelib chiqish 
sabablari bir necha usullar yordamida tahlil qilinadi va aniqlanadi. Jumladan: 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling