Qdpi xorijiy tillar fakulteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ingliz tili kafedrasining


Download 45.5 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi45.5 Kb.
#1001334
  1   2   3
Bog'liq
october 2022


QDPI xorijiy tillar fakulteti
Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ingliz tili kafedrasining
2022 – yil 27 – oktyabr kungi yig’ilish
BAYONNOMASI
Qo’qon shahar 27.10.2022
Qatnashdilar: kafedra mudiri: M. Ergashev, kafedra a’zolari
KUN TARTIBI

  1. Vazirlik, institut, fakultetdan kelgan buyruqlar, qarorlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni kafedrada muhokama qilish va professor- o’qituvchilar tomonidan bajarilishi

  2. Tadqiqotchilar ilmiy ishlarining borishi va muhokamasi

  3. Kredit modul tizimida olib borilayotgan ishlarning bajarilish tahlili

  4. Ochiq darslar muhokamasi

  5. Turli masalalar



  1. masala yuzasidan kafedra mudiri nutqi:

“Hurmatli jamoa, Vazirlik, institut, fakultetdan kelgan buyruqlar, qarorlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni har bir o’qituvchi o’rganib chiqishi va amaliyotga joriy etishi zarur. Mamlakatimizda ta’lim sifatini tubdan yangilash, ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan qator qonun va farmoishlar ishlab chiqilmoqda. Ularni amaliyotga joriy etish, o’qituvchi murabbiylarga ushbu qarorlarning mazmun mohiyati haqida chuqur tushunchalar berish maqsadida turli o’quv seminar, trening mashg’ulotlari joriy etilmoqda. Biz pedagog o’qituvchilarning vazifamiz qaror farmonlarni mohiyatini o’rganib, ularni talabalarga yetkazish va amaliyotda qo’llashdir”. 1- masala yuzasidan yangi qaror va farmonlar tanishtirildi.

  1. Masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:

  • har bir ta’limga oid yangi qabul qilingan qonun, qaror va farmoishlar o’rganilib borilsin;

  • jarayonni nazorat qilib borish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.



  1. Masala yuzasidan kafedra mudiri nutqi:

Ustozlar, kafedramiz o’qituvchilarining aksariyati yosh va o’z ustida ishlaydigan malakali pedagoglardan iboratligi quvonarlidir. O’qituvchilarimizning barchasi ilmiy ishlarga yo’naltirilganliklari va ilmiy tadqiqot olib borayotganligi esa yanada ijobiy jarayondir. Hozirda ilmiy ish mavzularini tanlab, ilmiy rahbarlar biriktirilib, mavzularni tasdiqlanish jarayonlari yakunlanmoqda. Demak, bu yog’iga ilmiy ish bilan jiddiy shug’ullanish va qo’yilgan maqsadga erishish uchun astoydil mehnat qilish boshlanadi. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo’lingizda muvaffaqqiyatlar tilayman. Kafedra o’qituvchilarining ilmiy ishlar jadvalini shakllantirib berishingizni va unda ilmiy ish mavzusi, ilmiy rahbar hamda bajarilish muddatlari haqida ma’lumotlar berishingizni so’rayman.

Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling