2-masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
- kafedra o’qituvchilari ilmiy ishlari ustida ishlasinlar;
- ilmiy ishlar haqidagi jadvalni shakllantirish K. Oripova zimmasiga yuklatilsin;
- jarayonni nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
masala yuzasidan kafedra mudiri nutqi:
Kredit modul tizimi biz o’qituvchilar uchun ham, talabalar uchun ham yangi tizim bo’lganligi sababli uni qonun qoidalarini yaxshilab o’rganib chiqishimiz, tahlil qilishimiz va talabalar orasida ham tushuntirish ishlarini olib borishimiz kerak. Kredit modul tizimidagi joriy oraliq hamda yakuniy nazoratlarini o’tkazish tartibi, balli tizimdan baholash tizimiga o’tilayotganligi kabi qator yangiliklari borligi uchun ham jiddiy yondashuvni talab qiladi. Siz ustozlardan kredit modul tizimini chuqur o’rganishingizni va kerakli ishlarni olib borishingizni so’rayman.
3-masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
kafedra o’qituvchilari kredit modul tizimini barcha jihatlarini to’liq o’rganib chiqsin va kerakli ishlar olib borilsin;
jarayonni nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
4-masala yuzasidan kafedra mudiri nutqi:
Oliy ta’lim muassasalarida ta’im jarayonida ochiq darslar tashkil etish ham katta ahamiyatga ega. Chunki talabalar, ya’ni, bo’lajak o’qituvchilar bilimi bilan bir qatorda ochiq darslar tashkil etish ko’nikmasini ham shakllantirishimiz kerak. Bu esa o’z navbatida, avvalo, o’zimiz turli mazmunga boy ochiq darslar tashkil etib, na’muna bo’lishimiz kerak. Qolaversa, ochiq darslarni kuztish orqali o’zaro tajriba va malakalarni almashish ham juda samaralidir. O’quv jarayonida turli ochiq darslarning o’z vaqtida o’tkazilishini va natijalarini muntazam tahlil qilib borishini ta’minlashimiz lozim. Shu o’rinda kecha kafedramiz ustozlaridan Oripova Kamolaxonning 107- guruhda o’tkazgan ochiq darsi tahlili uchun so’z navbatini Maftunaxon Unaydullayevaga beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |