IV. Oilada mehnat tarbiyasi.
II sinf o’quvchisining oilaviy tarbiyasida yangilik. Ota-onalarning o’z shaxsiy namunalari. Bolani mehnatga halol, vijdonan munosabatda bo’lishini tarbiyalash. O’quvchiga mehnat darsi bo’yicha topshirilgan vazifalarning mustaqil bajarishi, uning ishga ijodiy va tashabbuskorlik bilan yondashishini tarbiyalash. Ikkinchi sinf o’q’uvchisini o’zi dars qiladigan joyini, kiyim-kechak, kitob-daftarlarini ozoda tutishga o’rgatish — unda mehnat madaniyatini tarbiyalash. O’quvchining ko’zlagan maqsadiga yetishish uchun, har xil materiallar bilan ishlashi va unda topqirlik, kashfiyotchilik, ixtiro qilish kabi fazilatlarini tarbiyalash (Masalan: kichkintoylar va onasi uchun sovg’a, archa uchun o’yinchoqlar tayyorlash va hokazolar). Xonadagi gullarni, o’simliklarni parvarish qilishga o’rgatish va unda estetik did va ma’naviy hislarni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |