Nazarov orif pul va bank


Download 28.93 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi28.93 Kb.
#1239162
1   2   3
Bog'liq
Nazarov Orif pul va bank

Kredit pullar.
Ishlab chiqarish va tovarooborotning rivojlanishi, metall pullarning
etishmasligi kredit munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to’lov
oborotining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir
qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to’lov
vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
Kredit pullar o’zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish
uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib
ular bir vaqtning o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo’lib, kreditor va qarz
oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy
turlaridan biri veksel hisoblanadi.

  1. Naqt pul aylanmasi va uni tashkil etish

Naqd pul aylanmasi bu pullarning naqd ko‘rinishidagi harakatlarining yig‘indisidir.

Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir.
Naqd pul aylanmasi bu pul mablag‘larining naqd ko‘rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSH va Yaponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan.
Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar ajratib ko‘rsatiladi:


  1. Moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi;


  2. Bozor qatnashchilarining mablag‘larni sarflash yuzasidan iqtisodiy erkinligi;


  3. Ta’sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi;


  4. Nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun hisobotchilikni amalga oshirish mumkinligi;


  5. Pul mablag‘lariga egalik qilishning legitimligi.




To‘lovlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda pullik to‘lovlarni amalga oshirishning 2 xil ketma-ketligi mavjud:
  1. Kalendar ketmaketlik.


  2. Maqsadli ketmaketlik.




Kalendar ketma-ketlikda qaysi qarzdorlik oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha to‘lanadi. Bu ketma-ketlik taraqqiy etgan mamlakatlarda qo‘llaniladi.
Maqsadli ketma-ketlikda to‘lovlar oldindan belgilangan maqsadlarga qarab to‘lanadi. Bu ketma-ketlik rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladi.
Har qanday pullik to‘lovlar pul aylanmasida ishtirok etuvchi subektlarining joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari hisobiga to‘lanadi. Joriy hisob raqamlar AQSH bank amaliyotida transaksion depozit hisob raqanlari, Germaniyada jiro hisob raqamlari, Rossiyada “depoziti do vostrebovanie” deyiladi. Fransiyada joriy hisob raqami deyiladi, O‘zbekistonda talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari deyiladi.


3 . Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari
Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldida qo‘yilgan talablarni oladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari deyilganda huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan, pul mablag‘larining maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning hisobvarag‘iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.
Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4ta shaklidan foydalanadi.
  • To’lov topshiriqnomalari


  • Cheklar

  • Hujjatlashtirilgan akkreditivlar

  • Inkasso



Iqtisodiy kontragentlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar;
3) bo’nak to’lovlari shaklidagi hisob-kitoblar;
4) ochilgan hisobvaraq bo’yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar;
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.
O‘zbekiston Respublikasi banklari naqd pulsiz hisob-kitoblarni quyidagi shakllarda tashkil etadilar va amalga oshiradilar:
  1. to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;


  2. akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar;


  3. inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar;


  4. cheklar bilan hisob-kitoblar.




Ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob xujjatlaridan foydalaniladi:


  1. memorial order;


  2. to‘lov topshiriqnomasi;


  3. to‘lov talabnomasi;


  4. inkasso topshiriqnomasi;


  5. akkreditivga ariza;


  6. tijorat bankning hisob-kitob cheki.




Shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik kartochkalar foydalangan holda, amalga oshirilishi mumkin.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga jo‘natilganidan so‘ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) yo‘li bilan, tuzatish memorial orderlari asosida to‘g‘rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart.
To‘lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan oluvchining hisobvarag‘iga ma’lum bir summani o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘ini anglatadi.

Download 28.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling