Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

67-modda. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash 
Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan 
faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qo‘yilganligini 
tasdiqlaydi. 


51 
Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 
(67-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
497-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 
68-modda. Tarjimaning to‘g‘riligini shahodatlash 
Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri 
tarjima qilinganligini shahodatlaydi. 
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi 
mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi. 
11-bob. FAKTLARNI TASDIQLASh 
69-modda. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash 
Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga ko‘ra va 
uning ishtirokida tasdiqlaydi. 
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy 
vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni o‘z 
homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga ko‘ra amalga 
oshiriladi. 
70-modda. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash 
Notarius fuqaroning iltimosiga ko‘ra uning muayyan joyda ekanligi faktini 
tasdiqlaydi. 
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash 
uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), 
shuningdek uni o‘z homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga 
ko‘ra amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling