Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

3-modda. Notarius qasamyodi

Notarius  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  huzuridagi  Oliy  malaka

komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:

“Notarius  vazifasini  halol  va  vijdonan  bajarishga,  O‘zbekiston  Respublikasining

Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.

(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda —

O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

3 -modda. Malaka komissiyalari

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka

komissiyalari  (bundan  buyon  matnda  malaka  komissiyalari  deb  yuritiladi)  xususiy  notarial

faoliyat  bilan  shug‘ullanish  huquqini  beruvchi  litsenziyani  (bundan  buyon  matnda  litsenziya

deb yuritiladi) to‘xtatib turish va tugatish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish maqsadida tashkil

etiladi.


Malaka  komissiyalari  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya

boshqarmalarining qarorlari bilan Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi vakillari,

notariuslar  hamda  adliya  organlarining  xodimlari  orasidan  besh  nafardan  to‘qqiz  nafar

kishigacha bo‘lgan tarkibda toq miqdorda tuziladi.

Davlat  notarial  idorasi  notariusini  lavozimiga  tayinlash  bo‘yicha  tanlov  va  xususiy

notarial  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  huquqini  berish  bo‘yicha  malaka  imtihonini  o‘tkazish,

notarius  qasamyodini  qabul  qilish,  malaka  komissiyalarining  qarorlari  ustidan  berilgan

apellatsiyalarni  ko‘rib  chiqish,  shuningdek  malaka  komissiyalarining  ish  amaliyotini

umumlashtirish  va  tahlil  qilish  uchun  o‘n  bir  nafar  kishidan  iborat  tarkibda  O‘zbekiston

Respublikasi  Adliya  vazirligi  huzuridagi  Oliy  malaka  komissiyasi  (bundan  buyon  matnda  Oliy

malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.

Oliy  malaka  komissiyasi  tarkibiga  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  sudining,

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudining  sudyalari,  Notarial  palata  vakillari,  notariuslar  hamda

adliya  organlarining  xodimlari,  shuningdek  advokatlar  kiradi.  Oliy  malaka  komissiyasining

shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Tanlov  o‘tkazish  va  malaka  imtihoni  topshirish  tartibi,  Oliy  malaka  komissiyasi  va

malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

tasdiqlanadi.



(3 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

 LexUZ sharhi

Qarang:  “O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  huzuridagi  Oliy  malaka  komissiyasi

to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2166, 21.12.2010-y.) va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risida”gi nizom

(ro‘yxat raqami 2151, 29.10.2010-y.).

2

1

1


Oldingi tahrirga qarang.

(4-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  14-yanvardagi  O‘RQ-602-sonli  Qonuniga  asosan

o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

Oldingi tahrirga qarang.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling