O‘quv qo‘llanmada


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari va topshiriqlar


Download 65.19 Kb.
bet5/8
Sana20.06.2023
Hajmi65.19 Kb.
#1633294
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 .2 mavzu

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari va topshiriqlar

  1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti xususida nimalarni bilasiz?

  2. Fanning tadqiqot ob’ekti, nazariy metodologik tamoyillari haqida ma’lumot bering.

  3. O‘zbekistonning eng yangi tarixining jahon xalqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqligini asoslab bering.

  4. Moddiy va yozma manbalarning tarix fanidagi ahamiyati haqida ma’lumot bering.

  5. O‘zbekistonning eng yangi tarixining dolzarb muammolari nimalarda ko‘rinadi?

  6. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati haqida so‘zlab bering.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev XXI asr barkamol avlod, ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarix fanining o‘rni va saboqlari xususida qanday fikrlar bildirgan?



MUSTAQILLIKKA ERIShISh ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYoSIY JARAYoNLAR.


XX asr 80-yillarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. 1980 yillarning ikkinchi yarmida siyosiy sistemani isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo‘jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to‘la hokimiyatini ta’minlashga urinish sodir bo‘ldi. KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1985 yil aprel Plenumida jamiyatni «qayta qurish» orqali iqtisodiyotni tiklash, xalqning turmushini yaxshilash siyosati belgilandi. Bundan ko‘zlangan maqsad jamiyatni sotsialistik asosda isloh qilish, jamiyatning barcha sohalarida to‘la demokratik jarayonlarni boshlash edi. Ammo hukumatning olib borgan ichki siyosati va ko‘pmillatli mamlakat fuqarolari qarashlari o‘rtasida o‘ziga xos nomutanosiblik sodir bo‘ldi. Xususan 1987 yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda, xo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urunishlar ham samara bermadi.
«Qayta qurish» siyosatining ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqlmaganligi, iqtisodiy siyosat puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va eksprimentlarga asoslangan mamlakat ichki imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g‘ri yo‘l tutilganligi natijasida jamiyatda inqirozli holat yuzaga keldi.
Natijada jamiyat va ishlab chiqarishni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlashdan bozor iqtisodiyoti yo‘liga o‘tildi. 1990 yillar boshida bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyatidan kelib chiqib, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilina boshlandi. Ammo bu paytda barcha joylarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko‘plab kadrlar yuborildi. «Kadrlar to‘dasi» deb nom olgan 400 ga yaqin kishilar O‘zbekistonda hukumatni boshqara boshladilar.
Natijada Markazdan o‘zbek xalqining urf-odatlari, ana’nalari haqida umuman tasavvurga ega bo‘lmagan rahbar xodimlarning respublikaga yuborilishi va mazkur “kadrlar desanti”ning faoliyati ko‘plab salbiy holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti raisining birinchi o‘rinbosari Ogarok, Oliy Sovet Prezidiumi raisning o‘rinbosari etib Romanovskiy, Respublika prokurori etib Buturlin, uning o‘rinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenkolar tayinlandi. Toshkent shahri partiya rahbari etib Satin qo‘yildi. Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo‘lib, ular respublikadagi hukmronlikni to‘la qo‘lga olgan edilar.
Bundan ko‘zlangan maqsad jamiyatni sotsialistik asosda isloh qilish, jamiyatning barcha sohalarida to‘la demokratik jarayonlarni boshlash edi. Ammo hukumatning olib borgan ichki siyosati va ko‘pmillatli mamlakat fuqarolari qarashlari o‘rtasida o‘ziga xos nomutanosiblik sodir bo‘ldi. Xususan 1987 yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda, xo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urunishlar ham samara bermadi.
XX asr 80 yillarida sovet tuzumi qatag‘onlari yana davom etdi. Markaz rahbarligida O‘zbekistonda navbatdagi oshkora qatag‘on boshlanib ketdi. "Paxta ishi", "O‘zbeklar ishi", "Sharqiy front" deb atalgan mash’um siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. "Paxta ishi" va "o‘zbeklar ishi" deb nomlangan tergovlar boshlanib ketadi. T.Gdlyan va Ivanov guruhi o‘zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yubordi. Ularning zo‘ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladi. Bu guruhlar O‘zbekistonda ming-minglab rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlarga nisbatan turli aybnomalarni o‘ylab topdilar, qamash, ozodlikdan mahrum qilish kabi hollar kuchaya boshladi.
Yuzaga kelgan turli ijtimoiy va iqtisodiy xarakterdagi muammolar mavjud salbiy vaziyatni keskinlashtirib yuborgan, biroq 1989 yilning ikkinchi yarmidan respublikadagi o‘zgarishlar “paxta ishi” qatag‘onlari bilan bog‘liq bo‘lgan T.Gdlyan guruhiga nisbatan munosabatni ham o‘zgartirib yubordi. 1989 yilga qadar respublika aholisi orasida qo‘rquv hissini uyg‘otib kelgan "paxta ishi" yoki "o‘zbeklar ishi" uydirmalariga ham 1989 yilning ikkinchi yarmidan boshlab barham berila boshlandi.
Xalqning prokuratura organlariga ishonchini uyg‘otish, birinchi navbatda xalq va yurt manfaatlaridan kelib chiqib ish tashkil etish, Gdlyan-Ivanovlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklarga barham berish, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘ash, noqonuniy jazoga tortilganlarni ozod qilish, markazdan kelgan "qonun posbonlarini" kelgan joyiga qaytarib yuborish, markaz bilan aloqani asta-sekin uzish ishlari eng muhim vazifaga aylandi.
O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989 yil 12 sentabrda "Paxtachilikdagi qo‘shib yozishga yo‘l qo‘ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan kishilarni avf etish maqsadida xujjatlar tayyorlaydigan" komissiya tashkil etdi. Ushbu komissiya tayyorlagan hujjatlarga tayanib, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi jinoiy javobgarlikka tortilgan 43 kishini gunohidan o‘tishni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetidan so‘radi. Unda ko‘plab shaxslarga belgilangan jazo muddatlarini yengillashtirish choralari so‘ralgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, shu vaqt oralig‘ida "paxta ishi"da sudlanganlar soni 4018 kishini tashkil etgan bo‘lsa, respublikada boshlangan ijobiy o‘zgarishlardan so‘ng reabilitatsiya qilinganlar soni 2940 kishini, qayta tergovga yuborilganlar 63 kishini, asossiz sudlanganlar 1016 kishini tashkil etdi.
Tarixiy adabiyotlarda qayd tilishicha 1989 yilgacha Respublikkamizda mazkur ishlar bo‘yicha 4,5 mingdan ko‘proq kishi sudlanadi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hisobga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib yetdilar. O‘zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga xatlar jo‘natildi. Afsuski, bu xatlar tekshirilmasdan, hatto javob yozishga ep ko‘rilmadi.
1989-yil 23-iyun kuni respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi. Yangi rahbarning faoliyati O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, toptalgan huquqlarini tiklash kabi oliyjanob va xayrli ishdan boshlandi. Respublikada o‘ylab topilgan "Paxta ishlari"ni ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko‘rib chiqish topshirildi. 1990 yilning iyun oyiga kelib, komissiya muhim bir xulosaga keldi. 1990 yil 13 iyun kuni Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining raisi va SSSR Adliya vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko‘rsatildi. Bu xatda "Paxta ishlari" chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo‘yilgan edi. Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko‘mak o‘rniga tayziqni kuchaytirdilar.
Respublika rahbarining qat’iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. Komissiya ikki yildan ko‘proq vaqt orasida 40 ming tomlik ishni ko‘rib chiqdi. 3,5 mingdan ko‘proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi Prezidentimiz tomonidan avf etildi.
Paxta komissiyasi faoliyatining eng muhim tomonlaridan biri shundan iboratki, paxta ishlari bo‘yicha sudlanganlarning ko‘pchiligi hayotligida oqlandi, yuzlari yorug‘ bo‘ldi, toptalgan huquqlari tiklandi, o‘z ish joylariga qaytishdi, musodara qilingan mulki qaytarilib, boshqa yetkazilgan moddiy zararlar qoplandi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xususan, respublika Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan nohaqlik barham topdi. Minglab begunoh fuqorolarning nomlari yana qaytadan oqlandi.
SSSR prokuraturasi boshqarma boshlig‘i, general Viktor Ilyuxin o‘zining «Qaboxat yoxud…» deb nomlangan kitobida Gdlyan va Ivanov SSSR prokuraturasiga tanish-bilishlari orqali kelib qolgan, malakasi past, madaniyatsiz, xavfli jinoyatchi tergovchilar edi deb baho bergan.
Xalqning boy tarixi, mentaliteti va madaniyatini, o‘lkaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olinmasdan xalqning urf-odatlari, an’analari, tili va ma’naviyati inobatga olinmadi. Olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy hodimlar faoliyati mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda ayiblandilar. Natijada respublikada millatlararo nizolar kelib chiqa boshladi. Jumladan, 1989 yilda Toshkent va Farg‘onada ro‘y bergan millatlararo mojarolar shular jumlasidan edi. Bu mojaro ayniqsak Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo to‘qnashuvlar sodir bo‘la boshladi. Ushbu to‘qnashuvlarda 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo‘lgan, 200 dan ortig‘i esa yarador qilinadi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan. 1009 kishi yarador bo‘lgan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan.
Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar tomonidan mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod (hozirgi Sug‘d viloyati) viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib olib borib joylashtiriladi.
Islom Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz sha’niga otilgan malomat toshlari butunlay bo‘hton ekanligini isbotlaydi. Ayni paytda vahshiylik qilgan, odam o‘ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga o‘t qo‘ygan, transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o‘zbek millatiga mansub emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini markazdagi minbarlardan turib jasurlik bilan aytadi.
Davlat rahbari o‘sha davrdayoq Farg‘ona voqealarining tub sabablarini quyidagi masalalar bilan bog‘liqligini asoslab bergan edi va bu sabablar quyidagilardir:

Download 65.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling