Organizmdagi suv balansining salomatlik uchun ahamiyati


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana31.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1313263
1   2   3
Bog'liq
Atadjanova Dilfuza Sharobidinovna

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
71 
sababi yosh o‘tgan sayin chanqoq hissi pasayib boradi, lekin yosh o‘tgan sari dorilarni 
qabul qilishga ehtiyoj ortadi va bu qabul qilinayotgan dori vositalari suvsizlanishga olib 
kelishi mumkin. Shuningdek issiq kunlarda, kuchli jismoniy zo‘riqishlarda va sport 
bilan shug‘ullanishda kundalik suv iste’molini oshirish zarur bo‘ladi. 
Optimal suv muvozanatini saqlash uchun suyuqliklarni bir xil porsiyalarda 
ma’lum vaqt oralig‘ida ichish zarur.
• Iliq suv ichish lozim. Chanqoqni muzdak sovuq suv bilan qondirish istagiga 
qaramay, harorati 12⁰C dan past bo‘lgan ichimliklar ichishdan voz kechish kerak. Bu 
buyraklarga tushadigan yuklamani oshiradi va yallig‘lanish kasalliklarini rivojlanishiga 
sabab bo‘ladi. 
• Ovqatlanishdan oldin. Ko‘pincha organizm chanqoq hissini ochlik hissi deb qabul 
qiladi. Ovqatdan 20 daqiqa oldin suyuqlik ichish oshqozon-ichak traktini ovqat hazmiga 
tayyorlaydi. 
• Sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi ayollar uchun suyuqlikning o‘rtacha 
kunlik iste’moli 2,7 litrni, erkaklar uchun 3,5 litrni tashkil etadi. Suvning sutkalik 
iste’mol miqdorini, tana vaznini 30 ga bo‘lish formulasidan foydalanib ham topish 
mumkin. 
• Suv balansini to‘ldirish uchun mutaxassislar oddiy suv ichishni maslahat 
berishadi. Shirin gazlangan ichimliklar, qadoqlangan sharbatlar va kofe ichishdan voz 
kechish kerak. 
Sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchilar o‘rtasida qanday suv: xom, 
qaynatilgan yoki minerallashganini ichish foydaliroq ekanligi haqida juda ko‘plab bahs-
munozaralar mavjud. Ko‘pchilik aminki, qaynatilgan suv ichidagi bakteriyalar 
o‘lganligini sababli, bunday suv organizm uchun bexatardir. Qaynatilganda ko‘pchilik 
zararli bakteriyalar bilan birga foydalilari ham o‘ladi. Bundan tashqari, kalsiy va 
magniy tuzlari parchalanib, tomir devorlarida o‘tirib qolishi ham mumkin. Shu sababli, 
qaynatilgan suvni ko‘p ichish tavsiya etilmaydi.
Oddiy ichimlik suvining ishqoriyligi qonning pHga teng bo‘lganligi sababli, 
barcha diyetologlar aynan qaynatilmagan, xom suv ichishni tavsiya qiladilar.
Ichimlik suvini qabul qilib turish juda oson ish bo‘lishiga qaramay, ko‘plab 
insonlar bu zaruratni unutishadi. Ammo suyuqlik ichish rejimiga amal qilish - 
mustahkam sog‘lik negizi ekanligini unutmasligimiz kerak. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
 
1. 
To‘ychiboyev M.U. Bioximiya va sport bioximiyasi, Tafakkur bo‘stoni, 
Toshkent, 2015 y.-427 bet .
2. 
Ткаченко
Б.И. Нормальная физиология человека, М., Медицина, 2005 г -
928 с. 


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
72 
3. 
Пшендин
П.И. Рациональное питание спортсменов, М.Медицина, 2005 г-
98 с. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling