O’rxun va enasoy oбиdalarи
Download 232 Kb.
|
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ
Qilich botar (qadar) qorni kechib
Ko’chman yo’shug jog’iga yurib Qirg’iz budunni uyqisida bosdimiz. Qog’oni birla so’nga yushda urushdimiz. Qul Tegin Bayirkuning Oq ayg’iriga minib (yovga) tashlandi. Bir erga o’qin urdi Ikki erga nayza sanchdi. Ul olishuvda Bayirquning Oq ayg’irining beli sindi. Qirg’iz qog’onini o’ldirdimiz. Elin oldimiz. Ul yilda turgeshlarga qarshi Oltin yush tog’iga Irtishni kecha yurdimiz. Turgesh budunini unda bosdimiz, Turgesh qog’on qo’shini BO’lchida O’tdek, bo’rondek keldi Urushdimiz. Qul Tegin Boshg’u bo’z ot minib urushdi Boshg’u bO’z… …………………… Ikkisin o’zi oldirdi. Unda yana kirib Turgesh qog’on, buyruqchisi Oz tutukini qo’lidan tutdi. Qog’onini unda o’ldirdimiz. Elin oldimiz. Qora turgesh budun to’la bo’yin egdi. Ul budunni (Tabarda qo’ndirdimiz). (Yana yurib). Sug’d budunini etayin, deyin Inju daryosin kecha, Temir qopug’qa qadar yurdimiz. U yerda qora turgesh budun Yog’iy bo’lmish. Kangarasga qarshi bordi. Bizning qo’shin oti arriq, Ozuqi yo’q erdi Yomon kishi, er… Alp er, bizga tashlandi. Unday ishga o’kinib, Qul Teginni oz erlar bilan jo’natdimiz. Ulug’ urush qilmish. Alp Salji oq otni minib urushmish, Qora turgesh budunini Unda o’ldirmish, olmish. Yana yurib… birla Qushu tutuq birla urushmish. Erlarni ko’p o’ldirmish, Narsalarini qoldirmay ko’p keltirdi. Qul Tegin yigirma yetti yoshida Qarluq budun erkinligi uchun Yog’iy bo’ldi. Tomog uduq boshida urushdimiz. Qul Tegin ul urushda O’ttiz yashar edi. Alp Salju oq otin minib (yovga) tashlandi. Ikki erga nayza sanchdi, Qarluqni o’ldirdimiz, oldimiz. Oz budun yog’iy bO’ldi. Qora ko’lda urushdimiz. Qul Tegin o’ttiz bir yashar edi, Alp Salju otin minib (yovga) tashlandi. Oz Altabarni tutdi. Oz budun yo’q bo’ldi. Tog’am qog’on eli bo’shangan bo’lganda Budun elida qarama-qarshilik yuz berganda Izgil budun birla urushdimiz. Qul Tegin alp Salju otin minib (Yovga) tashladi. Ul ot unda yiqildi Izchil budun o’ldi. TO’quz o’g’iz budun O’z budunim erdi. Tangri, yer bulg’angani uchun Yog’iy bo’ldi. Bir yilda besh yla urushdimiz, Eng oldin Togu shaharida urushdimiz. Qul Tegin oq Azmanga minib (Yovga) tashlandi Olti erni sanchdi. Urushda yettinchi erni qilichladi. Ikkinchi Qishlog’akda Ediz birla urushdimiz. Qul Tegin Oz qora otin minib (Yovga) tashlanib bir erni sanchdi. To’qiz erni chekintirib yiqitdi, Ediz budun unda o’ldi. Uchinchi Bo’l… di o’g’uz urushdimiz Qul Tegin Azman Qora otni minib (yovga) tashlandi, sanchdi. Qo’shinni sanchdimiz, elini oldimiz. TO’rtinchi Chush boshida urushdimiz. Turk budun ayog’i titradi, Yomonlik, qo’rqoqliqqa tayyor edi. Oldin kelgan qo’shinni Qul Tegin og’dirib, To’nga alplaridan o’n erni, To’nga Teginni ko’mishda o’girib o’ldirdimiz. Beshinchi Azgapti Kadazda O’g’uz birla urushdimiz. Download 232 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling