O’simliklar dunyosi bilan umumiy tanishish


Download 156.9 Kb.
bet6/20
Sana21.11.2023
Hajmi156.9 Kb.
#1790453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
6-7-sinf test kitobcha

SUVO’TLAR

1. Suvo'tlarga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.


1)Tanasi organlarga bo'linmagan 2)ildiz, poya va brgga ega emas 3)bir va ko'p hujayrali bo'ladi 4)tanasi qattana yoki tallom deb yuritiladi 5)asosan suvda yashaydigan hujayralari tarkibida xlorofill saqlaydigan yorug'lik ta'sirida organik moddalar sintezlaydigan tuban o'simliklar
A 1,2,4,5 B 1,2,3,4,5 C 2,3,4,5 D 1,3,4,5

2. Suvo'tlaning fanga ma'lum bo'lgan turlari sonini belgilang.


A 20 000 B 30 000 C 26 000 D 10 000

3. Dengiz suvo'tlarining uzunligi qancha bo'lishi mumkin?


A 4-5 mmdan 40 mgacha
B bir necha smdan 60-70mgacha
C 10-75 sm dan 2-6-12m gacha
D bir necha smdan 50-60mgacha

4. Dengiz suvo'tlari nimalarga yopishgan holatda o'sadi?


1)suv tagidagi loy, qum, tosh 2)suv betiga yaqin joylashgan suv tagidagi toshlar, qum, loy 3)suvning chuqurroq yeridagi tosh, yog'och 4) suv betiga yaqin joylashgan suv tagidagi toshlar, yog'och
A 1,2,3,4 B 4 C 1 D 2

5. Xlorella qaysi oilaga mansub?


A yashil suvo'tlar
B bir hujayrali suvo'tlar
C xlamidomonadadoshlar
D xlorelladoshlar

6. Pigmentlar va ularning beradigan rangini to'g'ri belgilang.


a) fikotsian b) xlorofill c) ksantofil d) karotin
1)yashil 2)sariq 3)zarg'aldoq 4)ko'k
A a-4; b-1; c-2; d-3; B a-4; b-1; c-3; d-2;
C a-1; b-4; c-2; d-3; D a-1; b-4; c-3; d-2;

7. Xlorellaga xos bo'lmagan xususiyatlarni belgilan.


1)usti qalin va mustahkam qobiq bilan o'ralgan 2) usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o'ralgan 3)hujayrasi sitoplazma, yadro xromatofor, vakuol va hujayra qobig’Idan tashkil topgan 4)sitoplazma, yadro xromatofor, hujayra qobig’Idan tashkil topgan 5)yorug'lik ta'sirida suv va karbonat angidriddan kraxmal sintezlaydi 6)yorug'lik ta'sirida suv va karbonat angidriddan kraxmal, oqsil va bohqa moddalar sintezlaydi 7)suvni, unda erigan CO2 va mineral moddalarni butun tanasi orqali shimib oladi 8)suvni, unda erigan CO2 va mineral moddalarni po'sti orqali shimib oladi
A 2,4,6,8 B 1,3,5,7 C 2,3,5,8 D 2,4,6,7

8. Yapon laminariyasi qaysi turkumga mansub?


A qo'ng'ir suvo't B dengiz suvo'ti
C laminariya D sariq-yashil suvo't

9. Agar-agar qaysi suvo'tlardan olinadi va qanday maqsadda ishlatiladi?


A qo'ng'ir; marmelad va muzqaymoq tayyorlashda
B yashil; marmelad va muzqaymoq tayyorlashda
C qo'ng'ir;marmelad va muzqaymoq tayyorlashda, laboratoriyalarda zamburug' va bakteriyalarni o'stirishda
D qizil; marmelad va muzqaymoq tayyorlashda, laboratoriyalarda zamburug' va bakteriyalarni o'stirishda

10. Kuzda xlorellada qanday o’zgarish kuzatiladi?


A qalin, pishiq qobiqqa o’raliladi va sista hosil qiladi
B qalin, zich qobiqqa o’raladi va sporaga aylanadi
C usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o’raladi
D bo’lingan hujayralarning har biri alohida qobiq bilan o’ralib,mayda hujayrachalarga aylanadi.

11. Bahor kelib qulay sharoit tug'ilgach xlorella sporasida qanday o'zgarish kuzatiladi?


A spora qobig'i erib ketadi va xlorella mustaqil hayot kechira boshlaydi
B sporasi bo'linib bir nechta xlorella hosil bo'ladi va ular mustaqil hayot kechira boshlaydi
C sporasi bo'linib bir nechta xlorella hosil bo'ladi va ular hujayra qobig'ini yorib chiqib mustaqil hayot kechira boshlaydi
D spora bo'linib 2ta xlorella hosil bo'ladi va ular hujayra qobig'ini yorib chiqib mustaqil hayot kechira boshlaydi

12. Xlamidomonada qaysi oilaga mansub?


A yashil suvo'tlar
B bir hujayrali suvo'tlar
C xlamidomonadadoshlar
Dxlorelladoshlar

13. Xlamidomonada qayerlarda yashaydi?


1)akvarium devorlarida 2)iflos suvda 3)azotli birikmaga boy bo'lgan suvda
A 1 B 2,3 C 1,3 D 1,2,3

14. Qo’ng’ir suvo’t(lar)ni belgilang


1. ulva 2.fillofora 3.ulotriks 4.spirogira 5.nemalion 6.kladofora 7.porfira 8.xara 9.xlorella 10.yapon laminariyasi 11.xlamidomonada
A 1,3,4,6,8,9,11 B 10 C 2,5,7 D 1,3,4,6,8

15. Yapon laminariyasining eni va bo'yini belgilang.


A 5-10 sm; 2-6-12m
B bir necha sm; 60-70m
C 10-75 sm; 6-12m
D bir necha sm; 50-60m

16. Qaysi ko’p hujayrali suvo’tlar suvda qalqib turadi


(1), qaysilari suv tagidagi narsalarga yopishib (2) o’sadi? a)ulotriks; b) spirogira; c) laminariya d)xlorella
A 1-a,b,d; 2-c B 1-b,d; 2-a,c
C 1-b; 2-a,c D 1-a,b, 2 c

17. Yapon laminariyasining yuqori qismi(a) va pastki qismi(b)ning qanday shaklda bo'lishini to'g'ri belgilang.


1)novsimon 2)tasmasimon 3)silindrsimon 4)uzun 5)kalta
A a-1,4; b-3,5; B a-3,4; b-1,2,5;
C a-2,4; b-3,5; D a-2,4; b-1,3,5;

18. Belbog'li ulotriks nimalarga yopishgan holatda o'sadi?


1)suv tagidagi loy, qum, yog'och 2)suv betiga yaqin joylashgan suv tagidagi toshlar, qum, loy 3)suvning chuqurroq yeridagi tosh, yog'och 4) suv betiga yaqin joylashgan suv tagidagi toshlar, yog'och
A 1,2,3,4 B 4 C 1 D 2

19. Ulotriksga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.


1) ipi zanjirsimon tizilgan har xildagi hujayralardan tashkil topgan 2) ipi zanjirsimon tizilgan bir xildagi hujayralardan tashkil topgan 3) ipi shoxlanadi 4) ipi shoxlanmaydi 5) suv tagidagi narsalarga birikkan hujayrasi rizoid deyiladi
6) hujayralari yashil, qisqa silindr shaklida
7) hujayralari yashil, yirik silindr shaklida
8) har bir hujayrasida hujayra qobig'i, sitoplazma, yadro va o'rtasida belbog' shaklidagi xromatoforasi bor
A 1,3,5,6,8 B 2,4,5,6,8
C 2,4,5,7,8 D 2,3,5,6,8
20. Chuchuk suvda(a) va dengizda(b) uchrovchi yashil suvo’tlarni belgilang.
1) ulotriks 2)laminariya 3)kladofora 4)nemalion 5)spirogira 6) ulva
A a-1,3,5 b- 2,4,6 B a-1,5 b-3
C a-1,3,5 b-6 D a-1,3,5,6 b-2,4

21. Ulotriks qanday usullarda ko'payadi?


A vegetativ va jinsiy
B jinsiy va jinssiz
C jinssiz va vegetativ
D jinsiy, jinssiz va vegetativ

22. Ulotriksning jinssiz ko'payishiga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.


1) hujayrasi 4, 8 bo'lakchaga bo'linadi 2) hujayralari ona qobig'ini yorib suvga chiqadi 3) 4 dona xivchini yordamida suza boshlaydi 4) bo'linishdan hosil bo'lgan hujayralar zoospora deyiladi 5) xivchin yordamida suzib yurgach ma'lum vaqtdan so'ng harakatdan to'xtaydi va suv tagidagi narsalarga yopishadi 6) uzunasiga 2ga bo'linadi 7) ko'ndalangiga 2ga bo'linadi 8) xromatoforsiz qismidan rizoid rivojlanadi 9) xromatoforli qismidan vegetativ hujayra shakllanadi 10) vegetativ hujayra o'sib ko'p marta bo'linishi natijasida ulotriks ipi hosil bo'ladi 11) teng kattalikdagi gametalar hosil bo'ladi 12) ikki xivchinli hujayralar hosil bo'ladi va ular suvda suzib yuradi 13) juft-juft bo'lib qo'shilib zigota hosil qiladi 14) zigotasi qalin po'st bilan qoplanib tinim davrini o'taydi 15) hujayrasi 4 ga bo'linadi 16) 4 ta hujayrasining hammasi o'sib ulotriksning yangi ipiga aylanadi
A 1,2,3,4,5,6,8,9,10 B 1,2,3,4,5,7,8,9,10
C 11,12,13,15,16 D 11,12,13,14,15,16

23. Suvo‘tlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishini botanikaning qaysi bo’limi o‘rganadi


A paleobotanika B algologiya
C briologiya D lixenologiya

24. Qaysi olim 0‘zbekiston suv havzalaridagi suvo‘tlarni o‘rganib, ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berdi


A Zokirov Q.Z. B Muzaffarov A.M.
C Korovin Y.P. D Rusanov F.N.

25. Qizil suvo’tlarni belgilang


1. ulva 2.fillofora 3.ulotriks 4.spirogira 5.nemalion 6.kladofora 7.porfira 8.xara 9.xlorella 10.yapon laminariyasi 11.xlamidomonada
A 1,3,4,6,8,9,11; B 10; C 2,5,7; D t.j.y

26. Spirogiraga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.


1)ipi shoxlangan 2)ipi shoxlanmagan 3)qisqa silindrsimon hujayralardan iborat 4)yirik silindrsimon hujayralardan iborat 5)rizoidli 6)rizoidsiz
A 1,3,5 B 2,4,6 C 2,4,5 D 1,4,6

27. Yapon laminariyasi qanday usullarda ko'payadi?


A vegetativ va jinsiy
B jinsiy va jinssiz
C jinssiz va vegetativ
D jinsiy, jinssiz va vegetativ

28. U yirik suvo't bo'yi ba'zan 1m ga yetadi.


A spirogira B laminariya
C xara D kladofora

29. Xaraga xos bo'lgan xususiyatlar


1)begona o't 2)chuchuk suvda uchraydi 3)tallomi shoxlanmagan 4)uzunligi 20-30sm 5)uzunligi 30-60sm 6)sershox o'simlik
A 1,3,4 B 1,2,5,6 C 1,4,5,6 D 1,2,3,5

30. Oziq-ovqat sanoatida marmelad va muzqaymoq tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan,bundan tashqari laboratoriyalarda bakteriyalar va zamburug‘lar kabi organizmlarni o‘stirish uchun oziq sifatida ham qo‘llaniladigan modda olinadigan suvo’tini belgilang.


A qizil suvo’ti porifira
B yashil suvo’ti ulva
C qizil suvo’ti fillofora
D qo’ng’ir suvo’ti laminariya

Download 156.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling