O’simliklar dunyosi bilan umumiy tanishish
GULLARNING CHANGLANISHI VA URUG’LANISHI
Download 156.9 Kb.
|
6-7-sinf test kitobcha
GULLARNING CHANGLANISHI VA URUG’LANISHI
1. Changlanish nima? A changdondagi chang zarrachalarining yetilishi B chang hujayrasi va urug’kurtakdagi tuxum hujayrasining qo’shilishi C urug’chi ustunchasida chang yo’lining hosil bo’lishi D yetilgan changlarning urug’chi tumshuqchasiga kelib tushishi 2. Meva va urug’larning tarqalishi ko’p jihatdan nimaga bog’liq? A o’simlik turiga B o’sish sharotiga C morfologiyasiga D tashqi muhit omillariga 3. Urug’lar unib chiqishi uchun birinchi navbatda nima kerak bo’ladi? A oziq modda B harorat C suv D tinim davrini o’tashi 4. Yetilgan urug’chining tumshuqchasi uchun xos bo’lgan xususiyat. A chang yo’li bo’ladi B yopishqoq va quruq bo’ladi C nam va yopishqoq bo’ladi D tep-tekis va nam bo’ladi 5. Avtoxor o’simliklar deb nimaga aytiladi? A meva va urug’larini o’z kuchi bilan tarqatadigan o’simliklar B urug’-mevasini ichki bosim yordamida tarqatadigan o’simliklar C urug’-mevasini pallalarining chatnashi yoki buralishi hisobiga tarqatadigan o’simliklar D hammasi 6. Hasharotlar orqali changlanuvchi o’simliklarni belgilang. 1)olma 2)yong’oq 3)o’rik 4)nok 5)tol 6)bug’doy 7)sholi 8)beda 9)arpa 10)suli 11)terak 12)oqquray 13)g’o’za A 2,5,6,7,9,10,11 B 2,5,6,8,9,10,11 C 1,3,4,7,8,12,13 D 1,3,4,8,12,13 7. Keltirilgan qatorlarning qaysi birida o’simliklarning unib chiqish harorati oldin kamayib keyin ortgan? A bug’doy, pomidor, g’o’za, bodring, qovun B g’o’za, bodring, makkajo’xori, sabzi, bug’doy C pomidor, makkajo’xori, sabzi, g’o’za, qovun D bodring, go’za, qovun, pomidor, sabzi, bug’doy 8. 1 gr asal yig’ish uchun bitta asalari taxminan nechta gulga qo’nadi? A yuzlab B millionlab C minglab D o’n minglab 9. Qaysi usulda tarqaladigan mevalar nihoyatda yengil bo’ladi? A o’z kuchi-avtoxor B suv yordamida C qushlar yordamida D shamol yordamida 10. qaysi o’simlik 0,5-1 m gips qatlamlarini ham teshib o’taoladi A yantoq B saksavul \ C sarsazan D qora boyalish 11. … - urug’dan endigina o’sib chiqqan kalta va nozik o’simta. A maysa B novda C nish D boshlang’ich poya 12. Bug’doyda qanday tur(lar)dagi changlanish uchraydi? A chetdan changlanish B o’z-o’zidan changlanish C shamol yordamida changlanish D A va C 13. Ajdod sistematik birligi o’simliklar sistematikasida qaysi birlikdan keyin keladi? A sinf B turkum C oila D bo’lim 14. Quyidagi xususiyatlardan qaysi bir(lar)i shamol orqali tarqaladigan mevalar uchun xos emas? A 50 undan ham ortiq kilometrgacha uchib boradi B uchma mevalar deyiladi C nihoyatda yengil bo’ladi D alohida moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi) bo’ladi 15. O’simliklar sistematikasidagi sistematik birliklarni to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring. 1)oila 2)tur 3)o’simliklar dunyosi 4)turkum 5)bo’lim 6)ajdod A 2,4,6,1,5,3 B 2,4,1,6,5,3 C 2,4,1,5,6,3 D t.j.y 16. O’z-o’zidan changlanish deb nimaga aytiladi? A bir turdagi o’simlikning changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushishiga B ma’lum bir o’simlikning changi shu yoki boshqa o’simlik urug’chisining tumshuqchasiga o’tkazilishiga C bir tupdagi o’simlikning changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushishiga D bir o’simlik changining shamol yordamida shu o’simlik urug’chisining tumshuqchasiga kelib tushishi 17. Raffleziya Arnoldining qaysi xususiyatlari kuzatuvchilarda katta qiziqish tug’dirdi? 1)diametrining 1m ekanligi 2)gultojbarglarining 5sm ekanligi 3)rangining yo’qligi 4)poyasi va bargining yo’qligi 5) ildizi va bargining yo’qligi 6)qo’lansa hidi A 1,2 B 1,2,3,6 C 1,2,3,4,6 D 1,2,3,5,6 18. Hamma organlari bir-biriga o’xshash, ma’lum bir maydonda uchraydigan organizmlarni o’z ichiga oladi. Ushbu ta’rif qaysi sistematik birlik(lar)ga tegishli? A turkum B tur C nav D B va C 19. Agar o’simlik odam tomonidan changlantiriladigan bo’lsa bunday turdagi changlanishga … deyiladi. A o’z-o’zidan changlanish B chetdan changlanish C sun’iy changlanish D tabiiy changlanish 20. Mevasi atrofini o’rab olgan qanotchalari orqali shamolda bir yerdan ikkinchi yerga tarqaladigan o’simliklarni belgilang. 1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B 3,7,8,12,15,19,23,25; C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22 21. Qaysi sistematik birlik fanda 2 ta nom bilan ataladi? A turkum B sinf C bo’lim D tur 22. Urug’lanish nima? A urug’chidagi tuxum va markaziy hujayralarning yetilishi B changchi va urug’chidagi jinsiy hujayralarning qo’shilishi C urug’chi ustunchasida chang yo’lining hosil bo’lishi D yetilgan changlarning urug’chi tumshuqchasiga kelib tushishi 23. Bodom, olma, o’rik, na’matak va do’lana uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang. A uchrash joyi B hayotiy shakli C bitta oilaga mansubligi D A va C 24. Mevasi suv orqali tarqaladigan o’simliklarni belgilang. 1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B 3,7,8,12,15,19,23,25; C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22 25. Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarning guli uchun xos bo’lgan xususiyat A chiroyli gulli, ochilgan vaqtda xushbo’y hid taratadi B changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetiladi C urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi D guli ko’rimsiz, mayda, hidsiz, changi yengil va ko’p bo’ladi 26. Shamol o`simlik uchun qanday biologic ahamiyatda ega A suv bug`latish B changlanishi C meva va urug`larni tarqalishi D A,B,C 27. Meva va urug’larning tarqalishida eng kuchli omilni belgilang. A hasharotlar B suv C hayvonlar D odam 28. Chang donasining qaysi hujayra(lar)si o’sish xususiyatiga ega? A faqat jinsiy hujayrasi-vegetativda B faqat vegetativ C faqat generativ D vegetativ va generativ hujayralarda 29. O’simliklar dunyosini tashkil etuvchi bo’limlarni belgilang. 1)yashil suvo’tlar 2)yo’sintoifa 3)ochiq urug’li o’simliklar 4)qirqquloqtoifa 5)yopiq urug’li o’simliklar 6)ikki urug’pallali 7)bir urug’pallali A 2,3,4,5,6 B 6,7 C 1,2,3,4,5 D 1,2,3,4,5,6,7 30. Mevasi(urug’i) shamol yordamida tarqaladigan o’simliklarni belgilang. A burchoq, yorongul B terak, tol C zarang, cherkez D C va B 31. Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarni belgilang. 1)olma 2)yong’oq 3)o’rik 4)nok 5)tol 6)bug’doy 7)sholi 8)beda 9)arpa 10)suli 11)terak 12)oqquray 13)g’o’za A 2,5,6,7,9,10,11 B 2,5,6,8,9,10,11 C 1,3,4,7,8,12,13 D 1,3,4,8,12,13 32. Quyidagilarni moslik jihatdan juftlang. 1)magnoliyasimonlar 2)magnoliyatoifa 3)yopiq urug’li o’simliklar 4)ikki pallalilar 5)gulli o’simliklar; A 1-3-5; 2-4; B 2-5; 1-4; C 2-3-5; 1-4; D 1-5; 2-4; 33. O`simlik organizmi umumiy vaznining necha % ini suv tashkil qiladi A 70 B 60-90 C 70-90 D 80 34. Bir nechta urug’kurtakka ega o’simliklarni ko’rsating. 1)olcha 2)shaftoli 3)boychechak 4)lola 5)gilos 6)g’o’za A 1,2,3 B 1,2,5 C 1,4,6 D 3,4,6 35. O’tmishda Xorazmdan Amerikaga olib ketilgan va unga qo’shilib borib qolgan o’simliklarni belgilang. A beda; shuvoq B bug’doy; yantoq C yantoq; beda D beda; yantoq 36. Spermalar gulning qaysi qismidan hosil bo’ladi? A urug’chidan B gulqo’rg’ondan C changdonachasidan D changchi va urug’chidan 37. Parazit o`simliklar – 1. zarpechak 2. qo`ypechak 3.shumg`iya 4. qurttana 5.devpechak A 1,2,3 B 2,3,4 C 1,3,5 D barchasi 38. Zarang o`simligiga xos bo`lmagan belgilarni aniqlang? 1.mevasi shamol yordamida tarqaladi 2.mevasi suv yordamida tarqaladi 3.yog`ochligi qattiq 4.yog`ochligi yumshoq 5.mebellar tayyorlashda ishlatiladi 6.barglari kuzda ham yashil rangini saqlaydi 7.barglari birinchi sovuqdan keyin to`kiladi A.2,4,6 B.1,4,5,6 C.2,3,5,6 D.1.3.5.7 39. Tashqi muhitning o`simlik hayot faoliyatiga ta’sir etuvchi ayrim tarkibiy qismiga – A ekologik sharoit B ekologik omil C tashqi muhit D A,C 40 Qaysi o’simlik(lar)da bir vaqtning o’zida gul, yetilmagan va yetilgan meva uchraydi? A archa B qarag’ay C g’o’za D hammasida Download 156.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling