O’simliklar dunyosi bilan umumiy tanishish


IV BOB. GULLI O’SIMLIKLARNING HAYOTIY FAOLIYATI


Download 156.9 Kb.
bet4/20
Sana21.11.2023
Hajmi156.9 Kb.
#1790453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
6-7-sinf test kitobcha

IV BOB. GULLI O’SIMLIKLARNING HAYOTIY FAOLIYATI

1. Suv va unda erigan mineral moddalarning tuproqdan ildizga-poyagacha ko’tarilish jarayonining ketma-ketligini belgilang.


A tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, o’tkazuvchi qism, po’stloq, yer ustki qism
B tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, po’stloq, o’tkazuvchi qism, yer ustki qism
C tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, o’tkazuvchi qism, po’stloq, elaksimon naychalar, yer ustki qism
D tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, po’stloq, o’tkazuvchi qism, lub tolalari, yer ustki qism

2. Qaysi javobda yalpizga xos bo`lmagan belgilar ko`rsatilgan?


1.bargi poyada navbat bilan joylashgan 2.bargi poyada qarama-qarshi joylashgan 3.bir yillik o`t 4.ildiz bachkilari orqali ko`payadi 5.ko`p yillik o`t 6.ildizpoyali o`simlik
A.2,3.5 B.2,5,6 C.1,3,4 D.1,4,5

3. Suv tanqisligiga chidamli bargi mayda bo’laklarga bo’lingan o’simlikni belgilang


A shuvoq B saksovul C sarsazan D qo’g’a

4. Ko’p yillik o’simliklarning ildiz tukchalari qaysi faslda o’z faoliyatini boshlaydi(faollashadi)(a) va qaysi faslda tugatadi(b)?


Aa-bahor; b-kuz B a-bahor; b-qish;
C a-yoz; b-qish D a-yoz; b-kuz;

5. Anjir va anorning qalamchalar qachon tayyorlanadi?


A bahorda
B yozda
C kuzda
D qishning oxiri bahorning boshida

6. Ildizpoyasidan ko’payuvchi o’simliklari belgilang.


1)lola 2)ajriq 3)boychechak 4)g’umay 5)salomalaykum 6)gladious 7)nargiz
8) bug’doyiq
A 1,3,4,5,8 B 2,4,5,8 C 1,3,6,7 D 2,4,5,6

7. CO2 ning suv bilan birikishi natijasida (xloorofillda) dastlab qanday birikma hosil bo'ladi?


A sut kislota B karbonat kislota
C shakar –glukoza D kraxmal

8. Qaysi o’simliklarning ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo’lishi hisobiga vegetativ ko’payadi?


A qoraqat, na’matak, qizilmiya, yantoq, olvoli, terak
B yantoq, tok, qoraqat, na’matak, shirinmiya, terak
C yantoq, olvoli,atirgul, qoraqat, terak, shirinmiya
D shirinmiya, yantoq, olvoli, uchqat, na’matak, terak

9. Qaysi turdagi o’g’itlar tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshiradi, o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi?


A organik (go’ng) B azotli
C kaliyli va fosforli D fosforli va azotli

10. Qaysi gulli o'simliklarning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi?


A archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
B nastarin, atirgul, ligustrum, archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
C nastarin, atirgul, ligustrum
D shamshod, ligustrum

11. Yer surilishi yoki suv toshqini natijasida o’simliklarning shox-shabbasi sernam tuproq ostiga qolib kurtaklardan yangi novda o’sib chiqadi bu ta’rif qaysi o’simlikka tegishli?


A tol B terak C tok D tut

12. Mineral o’g’itlarni ta’sir qilish xususiyatlari bilan juftlab yozing.


1)kaliyli 2)azot (selitra)li 3)fosforli 4)go’ng
a)tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi b)o’simlikning o’sishini tezlashtiradi c)o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi d)mo’l hosil to’planishiga yordam beradi e)tez pishib yetilishini ta’minlaydi
A 1-d,e; 2-b; 3-d,e; 4-a,c;
B 1-d; 2-b,e; 3-d; 4-a,c;
C 1-d,e; 2-b; 3-d,e;
D 1-d; 2-b,e; 3-d;

13. Issiqxonalarda o’stiriladigan gullarning aksariyat qismi ...dan ko’paytiriladi.


A piyozbosh B qalamcha
C barg D tugunak

14. Qaysi moddani bargli novda solingan shisha idishga tomizish orqali suv bug’latishini (vaqtincha) to’xtatish mumkin?


A moy B yod
C spirt D sirka kislota (kuchsiz)

15. Tok qalamchalari qachon tayyorlanadi?


A yozda-yomg’irdan oldin
B bahorda shira harakatidan oldin
C kuzda-tok kesish vaqtida
D yozda-tok kesish vaqtida

16. Qanday sharoitda o’sadigan o’simliklar suvni nisbatan kam bug’latadi?


A issiq, quruq sharoit
B issiq, sernam sharoit
C salqin, quruq sharoit
D salqin, sernam sharoit

17. Tok qalamchalarining uzunligi qancha bo’lishi kerak?


A 45-50 sm B 40-45 sm
C 30-45 sm D 40-55 sm

18. Tanasi qisman suvga bo’lgan holda o‘sadigan o’simliklarni belgilang.


1.saksovul 2.suv nilufari 3.karam 4.sarsazan 5.qo‘g‘a 6.agava 7.elodeya 8.bug‘doy 9.ro‘vak 10.olma 11.kaktus 12.sebarga 13.shuvoq 14.qamish 15.makkajo‘xori 16.baliqko‘z
A 1,4,6,11,13,16 B 2,7
C 3,8,10,12,15 D 5,9,14

19. Quyidagilardan noto’g’rilarini belgilang.


A o’simlikdagi hamma tirik hujayralari nafas oladi va o’sib rivojlanadi
B kunduz kuni organik moddalarning hosil bo’lishi va nafas olish bir vaqtda kechadi
C qorong’ulikda organik moddalarning hosil bo’lishi va parchalanishi bir vaqtda kechadi
D noto’g’ri javob keltirilmagan

20. Payvandlash tushunchasiga mos keluvchi ta’rifni belgilang.


A bir o’simlikning ma’lum bir qismini ikkinchi o’simlikka turli usullar bilan o’rnatish
B bir o’simlikning ma’lum bir qismini shu o’simlikka turli usullar bilan o’rnatish
C bir o’simlikning ma’lum bir qismini unumdor yerga ko’chirib o’tkazish
D bir yoki bir nechta o’simlikning ma’lum bir qismini unumdor yerga yoki faol kimyoviy eritmaga ko’chirib o’tkazish

21. Suvni kam bug’latish uchun yoz oylarida barglarini to’kib yuboradigan o’simliklarni belgilang.


A saksovul B kaktus
C shuvoq, qoraboyalich D shirinmiya

22. Iskana payvand qachon qilinadi?


A erta bahorda shira harakati yurishidan oldin (fevral oyining oxiridan aprel oyigacha)
B avgustdan-sentabrgacha
C avgust oyida
D kech kuzda yomg’irlar mavsumida

23. Kuzda xlorofill ... ga aylanadi.


A xromoplast B xloroplast
C leykoplast D A va B

24. Payvandlash uchun kesib olingan kurtakli qalamcha ... deyiladi.


A payvandtag B payvandust
C duragay D qalamcha

25. O’simliklarning ayirish vazifasini bajaruvchi organini belgilang.


A ildiz B meva –urug’ C barg D poya

26. Payvand qilingan kurtaklarnig tutgan yoki tutmaganligi necha kunda bilinadi?


A 5-15 B 6-10 C 8-12 D 15-20

27. Archa barglarini qaysi vaqtda(qachon) almashtiradi?


A yozda B har 10 yilda
]C kuzda D yil davomida

28. Bir tup qulupnaydan bir necha tup qulupnayning hosil bo’lishining sababi nimada?


A poyasi o’sish jarayonida qo’shimcha ildizlar chiqaradi va ulardan yangi tup poyalar shakllanadi
B asosiy tupdagi poyalarning sudralib o’sishi hisobiga yangi tup poyalar hosil bo’ladi
C yuqori qismi qurib qolib pastdan yangi boshqa tuplar o’sib chiqa boshlaydi
D uning rivojlanishi uzoq davom etganligi sababli urug’i bir necha bor to’kilib o’sha uyerdan o’sib chiqa boshlaydi

29. Karbonat angidridning suv bilan birikishi barg eti hujayralarining qaysi organoidida kechadi?


A sitoplazma B mitoxondriya
C endoplazmatik to'r D xlorofill

30. Parxesh yo’li bilan ko’paytirishning ma’no-mazmunini belgilang.


A bir o’simlikning ma’lum bir qismini ikkinchi o’simlikka turli usullar bilan o’rnatish
B bitta o’simlik atrofida yer ostidan o’sib chiqadigan bachkilar hisobiga o’nlab yangi daraxt tuplari hosil bo’lishi
C tugunagi yoki piyozboshining boshi kesib yoki bo’laklarga bo’lib ekilishi
D o’simlik novdasining ma’lum bir qismi asosiy poyadan ajratilmagan holda tuproqqa ko’miladi, novda ildiz hosil qilgandan keyin asosiy poyadan ajratiladi

31. Bir tup o’rta yoshdagi(30-40yillik) qizilmiya yoz davomida qancha suv bug’latadi?


A 500-600 l
B o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p
C 200 l
D 250-300l

32. Tokni ko’payish usulini belgilang


A) novdadan B) qalamchadan
C) B va D D) parxish

33. Qulupnay uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?


1.ildiz bachkisi orqali ko`payadi 2.poyasidan ko`payadi 3.bargi har doim yashil 4.bargi qishda ham to`kilmaydi 5.o`raluvchi poyaga ega 6.o`rmalovchi poyaga ega 7.dastlab barg kurtaklaridan barg chiqaradi 8.dastlab gul kurtaklaridan gul chiqaradi 9.qo`shimcha ildiz hosil qiladi 10.ayrim turlari soyasevar
A.1,4,5,7,8 B.1,4,6,7 C.1,5 D.2,6,9

34. Barglari oddiy, navbat bilan joylashgan, tez o’sadigan, ildiz bachkisi va qalamchasidan ko’payadigan, barglari ancha barvaqt to’kiladigan o’simlik.


A) terak B) tok C) yantoq D) olma

35. Yerustki poyasi qishda quriydigan, ildiz bachkisi yordamida ko`payadigan o’simliklarni aniqlang?


1.olvoli 2.qoraqat 3.yantoq 4.na`matak 5.terak 6.nargiz 7.qizilmiya 8.tok
A.1,2,4,5 B.3,7 C.1,2,3,4,5,7 D1,2,5,7

36. Noto`g`ri fikrni aniqlang?


A.qulupnay uch bargchali murakkab barg
B.ildizpoyada shakli o`zgargan kurtaklar bo`ladi
C.poyalar ichki tuzilishi bilan bir biridan farq qiladi
D.ildizdagi naylar orasida havo bo`shliqlari bo`ladi

37. Payvand qilish uchun o’stirilgan urug’ko’chat ... deyiladi.


A payvandtag B payvandust
C duragay D qalamcha

38. Barglarni rangsizlantirish uchun qaysi eritmadan foydalaniladi?


A spirt eritmasi
B yodning kuchsiz eritmasi
C xlorid kislotaning kuchsiz eritmasi
D sirka eritmasi

39. Nafas olish(I) va fotosintez(II) jarayonlarida qaysi gazlar tashqi muhitdan qabul qilinadi(a) va chiqariladi(b)?


1) O2 2)CO2
A I a-2; b-1; II a-2; b-1;
B I a-1; b-2; II a-2; b-1;
C I a-2; b-1; II a-1; b-2;
D I a-1; b-2; II a-1; b-2;

40. O'simliklarda nafas olish jarayonining oziqlanish jarayonidan farq(lar)ini belgilang.


1)qabul qilinadigan gaz 2)tashqi muhitga chiqariladigan gaz 3)organik moddalar hosil bo'ladi 4) organik moddalar parchalanadi 5)yorug'likni talab qilmaydi 6)kecha-kunduz uzluksiz sodir bo'ladi
A 1,2,3,5 B 1,2,3,5,6 C 1,2,4,5,6 D 1,2,4



Download 156.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling