IV. Darslik bilan ishlash.
1-mashq og‘zaki bajariladi. O‘quvchilar ustunchalardagi
so‘zlarni o‘qiydilar. Bir-biriga mos keladigan so‘zlardan „sifat + ot«
bog‘lanishli so‘z birikmalarini tuzadilar. Shu jarayonda o‘qituvchi
o‘quvchilarga ot va sifat so‘z turkumi va savollari haqida ma’lumot
berib ketadi. Ot - kim, nima, sifat – qanday, qanaqa savollariga ja-
vob bo‘ladi. O‘quvchilar har bir ustundagi so‘zlarga savol beradilar.
Ustunlarda berilgan so‘zlardan so‘z birikmalari tuzadilar.
Nutqiy mavzu bo‘yicha 2-topshiriq og‘zaki bajariladi. O‘qituvchi
«Oziq-ovqat do‘konida» matnni og‘zaki o‘qib beradi. O‘quvchilar
matnni zanjir usulida o‘qiydilar. 1 va 2-gapni ona tiliga lug‘at yor-
damida tarjima qiladilar. Quyidagi savollar yordamida matn mus-
tahkamlanadi.
1. Qanday do‘konlarni bilasiz?
2. Nima uchun oziq-ovqat do‘koni deb ataladi?
3. Do‘konda nimalar sotiladi?
4. Do‘konda kimlar ishlaydi?
5. Sotuvchiga qanday murojaat qilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |