Lug‘at bilan ishlash. «Xotira mashqi» o‘yini. O‘quvchilar darslikda
matn asosida berilgan lug‘atni o‘qib chiqadilar. So‘ngra o‘qituvchi
o‘quvchilarga eslab qolgan so‘zlarni daftarlariga yozish topshirig‘ini
beradi. O‘qituvchi tekshirib chiqadi hamda o‘quvchilarning savod-
xonligini mustahkamlab aniqlab oladi.
2-mashq sinf doskasida yozma tarzda bajariladi. O‘quvchilar
nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘yib, gaplarni daftarlariga
yozadilar. Ikkita o‘quvchi sinf doskasida bajaradi.
3-topshiriq. O‘quvchilar suhbat matnini rollarga bo‘linib o‘qiydilar
va shu tarzda mustaqil partadoshlari bilan davom ettiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |