«O‘z o‘rnini top» o‘yini. Sinf stoli ustiga so‘zlar yozilgan kar-
tochkalar qo‘yib qo‘yiladi. Slaydda gaplar beriladi. O‘quvchilar
nuqtalar o‘rniga kartochkalarda berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib,
gaplarni sinf doskasiga yozadilar.
Slaydga namuna:......... berib yuboring. .......... oling. ....... yor-
damlashib yuboray.
....... menga bunisini ko‘rsatib yuborsangiz.
Kartochkada beriladigan so‘zlarga namuna: iltimos, marhamat,
keling, uzr.
«Kim topqir?» o‘yini. Buning uchun do‘konda sotiladigan
mahsulotlar tasvirlangan kartochkalar stol ustiga yoyib qo‘yiladi.
O‘quvchilar navbat bilan kartochkalarni olib unda tasvirlangan
mahsulotning nomini qaysi do‘konda sotilishini aytadilar va gap
tuzib sinf doskasiga yozadilar.
V. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar
rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. Uydan to maktabgacha qanday do‘konlar
borligi haqida ma’lumot yozish, -dan qo‘shimchasi ishtirokida 3-4
ta gap tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |