Darslik bilan ishlash.
1-topshiriqni o‘qituvchi o‘qib beradi. O‘quvchilar zanjir usu-
lida o‘qiydilar. 1-topshiriq shartiga ko‘ra lug‘atda berilgan so‘zlarni
matndan topib, unga bog‘lanib kelgan so‘zlardan hosil bo‘lgan so‘z
birikmalarini aniqlaydilar va daftarga ko‘chiradilar. «Do‘kon» mav-
zusi yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
Qanday do‘konlarni bilasiz?
Do‘konda nimalar sotiladi?
Do‘kon so‘zining tarjimasini ayting?
Do‘konda kimlar ishlaydi?
Do‘kondan o‘zingiz biron narsa xarid qilganmisiz?
Lug‘at bilan ishlash.
O‘quvchilarga darslikda berilgan lug‘atni o‘qish va eslab qolish
vazifasi beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan lug‘atni og‘zaki zan-
jir usulida o‘zbekcha va ruscha variantda aralashtirib so‘raydi va
o‘quvchilarning so‘zlarni eslab qolish darajasini aniqlaydi.
xarid qilmoq–
oziq-ovqat–
kiyim-kechak-
har xil-
xizmat ko‘rsatmoq-
Keyingi bosqichda 1-mashq sinf doskasi ikki qismga bo‘linib
yozma bajariladi. O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni
qo‘yib, daftarlariga yozadilar. 2-mashq. O‘quvchilar gaplarni daftar-
lariga ko‘chiradilar va lug‘at yordamida ona tiliga tarjima qiladilar.
Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda gaplarni tarjima
qilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |