69
Tayanch so‘zlar: xarid qildik, sotib oldim, katta, shinam,
yaxshi
ko‘raman, uyimiz oldida, bozor, bor.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Slayd asosida grammatik mavzu tushuntiriladi.
-dan qo‘shimchasi so‘zlarga qo‘shilganda predmetning kelib
chiqish o‘rnini bildiradi. Bu so‘zlar kimdan,
qayerdan, qachon
so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Masalan: Nigora bozordan gul sotib oldi.
Salima do‘kondan keldi.
Slaydda ko‘rsatilagn so‘zlarni –dan qo‘shimchasini qo‘shib ta-
laffuz qiling.
Bozor
Do‘kon dan keldi.
Maktab
Kitob do‘koni
Kiyim do‘koni dan xarid qildim.
Oziq-ovqat do‘koni
Slaydda 3 ta gap beriladi. Bunda o‘quvchilarga so‘zlarga savol
berish o‘rgatiladi. O‘quvchilarga namuna ko‘rsatiladi. Namunada
berilgan gaplarni o‘qituvchi o‘quvchilar bilan og‘zaki o‘qib
izohlay-
di. O‘quvchilar namuna asosida keyingi ikkita gapni mustaqil
og‘zaki bajaradilar.
Namuna:
Gulnoza do‘kondan gul sotib oldi.
Qayerdan?
Kecha do‘konga kirdim.
Qachon?
Sotuvchidan o‘yinchoqlarni tanlashimda yordam berishini ilti-
mos qildim.
Kimdan?
Kitob do‘konidan qiziqarli ertak kitobini xarid qildim.
Akam bilan gul do‘konidan onam
uchun rang-barang gullar
xarid qildik.