17-dars. DO‘KONDA
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: «Do‘konda mavzusi -dan qo‘shimchasi, qayerdan?
so‘rog‘ining ishlatilishi haqida ma’lumot berish; mavzuga oid ta-
yanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, ularni nutqda
belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar
tuzishga o‘rgatish;.
b) tarbiyaviy: odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro mulo-
qotda muomala madaniyatiga amal qilish, halollik, to‘g‘rilik kabi
sifatlarni shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini,
husnixat bilan yozish, kirishimlilik ko‘nikmasini rivojlantirish,
lug‘at boyligini boyitish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: interfaol usul, aqliy hujum, suhbat, «O‘z o‘rnini
top», «Kim topqir?».
Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash.
Dars jihozi: darslik, AKT, mavzuga oid rangli rasmlar, didaktik
tarqatma materiallar; multimedia vositalari.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib
boriladi.
Baholash: O‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |