VI. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar
rag‘batlantiriladi.
VII. Uyga vazifa berish. Uyingiz yaqinida joylashgan oziq-ovqat
do‘konidan qanday mahsulotlar necha so‘m turishini yozib kelish.
19-dars. MAKTAB OSHXONASI Darsning maqsadi: a) ta’limiy: o‘quvchining «Maktab oshxonasi» mavzusidagi ta-
yanch so‘zlar bilan tanishtirish. Mustaqil matn tuzishni o‘rgatish.
- shu mavzuda og‘zaki va yozma nutqiy ko‘nikmalarni
shakillantirish;
- nutqiy va grammatik mavzuni mustahkamlash;
- tovushlarining to‘gri talaffuzi ustida ishlash;
b) tarbiyaviy:o‘quvchilarga maktab oshxonasi haqida ma’lumot
berish orqali jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati o‘stirib bo-
rish.
d) rivojlantiruvchi:o‘qib o‘rganganlari va hayot tajribasidan
foydalanilgan holda kundalik turmushda uchraydigan muammo-
larni hal eta olish.