d) rivojlantiruvchi: o‘qib o‘rganganlari va hayot tajribasidan
foydalanilgan holda kundalik turmushda uchraydigan muammo-
larni hal eta olish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, «Esse» metodi, «Klaster»
metodi.
Dars jihozi: «Assalom, Navro‘z!» mavzusiga oid rasmlar, ular
haqida video lavhalar, AKT, taqdimot.
Tayanch so‘zlar: qadimdan, xursand, yilboshi, qariyalar, ehson,
nogironlar, ziyorat, mehr-muruvvat, bahor taomlari, xabar olinadi,
hashar, tozalanadi, xalq sayllari, o‘tkaziladi
I. Darsning borishi
Darsni tashkil etish:
- o‘quvchilarni darsga hozirlash;
- o‘quvchilar davomatini aniqlash;
- yangi mavzu bilan tanishtirish.
2. Tashkiliy qism. «Takrorlanmasin!» metodi. Navro‘z mavzusiga
oid so‘zlarni sanab o‘tish. O‘quvchilar Navro‘z bilan bog‘liq bo‘lgan
so‘zlarni aytishlari lozim, lekin so‘zlar takrorlanmasligi kerak. Bir
o‘quvchi bir necha bor so‘zlar aytishi mumkin. Izoh: sinfning bilim
darajasiga qarab, topshiriqni murakkablashtirish mumkin. Masalan:
shu so‘zning tarjimasini aytish, so‘z birikmasi tuzish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |