V. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar
rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. «Qovun» she’rini yod oling.
16-dars. BOZORDA
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: bozor, savdo-sotiq qilishga oid so‘zlar va savollarni,
matnlarni tushunishga, savollarga javob berish, rasmlar asosida suh-
batlashishga o‘rgatish;
b) tarbiyaviy: odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro mulo-
qotda muomala madaniyatiga amal qilish, halollik, to‘g‘rilik kabi
sifatlarni shakllantirish.
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini,
husnixat bilan yozish, kundalik faoliyatida sanoq sonlarni o‘qish va
foydalana olishni rivojlantirish, lug‘at boyligini boyitish;
Dars turi: yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi.
Dars metodi: interfaol usul, aqliy hujum, suhbat, klasster, «Kim
topqir?» o‘yini.
Do'stlaringiz bilan baham: |