O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet52/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

VII mavzu. ER VA XOTINNING SHAXSIY HUQUQ
VA MAJBURIYATLARI

1-§. Er va xotinning huquq va majburiyatlarining
vujudga kelishi
Er-xotin o'rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bolsa, oila ham shunchalik mustahkam bo `ladi, bolalarni tarbiyalash ishi to `g `ri olib boriladi. Binobarin, mamlakatimizda insonparvar, demokratik hu­quqiy davlatni qurishga o'tish davrida nikoh munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalarning ahamiyati tobora oshib borayotgani tabiiydir.

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ro'y­xatdan o'tkazilgan vaqtdan boshlab nikoh tuzuvchilar er-xotin hi­soblanadilar va shu paytdan boshlab ular o'rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Endi ular o'rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalari bilangina emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bilan ham tartibga solinadi. Bunda xotin-qizlar siyosiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo`lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan tong huquglardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga egadirlar. Bu qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida mustah­kamlab qo'yilgan. Er-xotinning qayd etilgan nikohi natijasida vujudga kelgan huquq va majburiyatlari ikki xil - shaxsiy va mulkiy boladi. Shaxsiy huquglarning ko'pi er-xotinning nikoh tufayli yuzaga keladi­gan huquqi kabi, nikohga o'tgunga qadar ham ularga tegishli bo'ladi. Masalan, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmush masalalarini hal gilish, mashg'ulot turf, kasb va turar joy tanlash huquglari Shular jurrilasidandir. Bunday holatlarda ularning mehnat va fuqarolik huquqi muomala layoqatining elementi bo`lib, oila huquqi sohasiga kirmaydi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy hu­quglar er va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etadi hamda faqat oilaviy-huquqiy munosabatda namoyon bo `ladi. Demak, u, faqat shu ma'noda oilaga oid qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi. Er-xotinning har biriga tegishli bolgan shaxsiy huquq va majburi­yatlar faqat oila huquqi bilangina emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi.

-----------------------------------------------------125--------------------------------------

Fugarolarning sha'ni va qadr-qimmati O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20-moddasiga muvofiq qo'riqlanadi.

Oilaviy munosabatlarda er-xotining shaxsiy huquglari mulkiy huquglariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega bo'lib, ularning hajmi, mazmuni, xarakteri er va xotinning oilaviy-huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi sifatidagi huquqiy holatini belgilab beradi.
2-§. Oilada er va xotinning teng huquqliligi
Bizning jamiyatimizda ular - ayol bilan erkakning oilaviy mu­nosabatlarda teng huquqliligi belgilangan. Bu tamoyil to'la amalga oshiriladi va moddiy ta'minlangan. Er-xotin mulkiy huquqqa tegishli bolmagan shaxsiy huquglariga oid barcha masalalarni birgalikda hal qiladilar. Ular oilada hamma shaxsiy huquglarda tengdirlar.

Amaldagi qonunlar turmushga chiqqan ayolni muomala la­yogatini hech qanday cheklamaydi, uni eriga bo'ysundirib, qaram qi­lib ham qo'ymaydi. Barcha huquqiy munosabatlarda er-xotin hu­quqning teng subyekti hisoblanib, ularga bab-baravar huquglar berila­di va tegishli inajburiyatlar ham yuklanadi. O'zbekistonda er va xotin rasmiy jihatdangina emas, balki oilada ham teng huquqqa egadir. Oila huquqiga asosan er-xotin umumiy xo`jalik ishlarini birgalikda, o'zaro hamjihatlik asosida olib boradilar. Ular bir-birlariga ma'naviy yordam berib, ko'makdosh bo'lib yashaydilar, hamma masalalarni bamaslahat hal qiladilar. Biroq er-xotindan birining shaxsiy huquqini amalga oshirishga muntazam xalaqit berish (masalan, erring yoki xotinning mashg'ulot turi, kasb tanlashiga halal yetkazish), shaxsiy huquglarni amalga oshirishni suiiste'mol qilish, oila manfaatlariga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar nikohdan ajralishga olib kelishi mum-kin.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling