O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikohdan ajralish uchun asoslar
X mavzu. NIKOHNING TUGATILISHI
1-§. Er va xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb e'lon qilishi oqibatida nikohning tugatilishi Oila nikoh, qon-qarindoshlik, ota-ona garamog`idan mahrum bo'lgan bolalarni unga joylashtirish asosida vujudga keladi. Asosan oilani nikoh vujudga keltiradi va u bir umr yashashni maqsad qilib tuziladi. Bu ahdnomani tuzishdan asosiy maqsad tabiiy biologik ehtiyojni gondirish, naslni davom ettirish va oila qurishdan iborat. Afsuski, hayotda hamma vaqt ham shunday bo`lavermaydi. Turmushda sodir bo`ladigan bir Bator hodisalar, yuridik faktlar nikohning tugatilishiga asos bo`lad Nikohning tugatilishi deganda, ma'lum yuridik faktlar tufayli erxotin o`rtasida vujudga kelgan nikoh huquqiy munosabatlarining tugallanishi tushuniladi. Nikoh huquqiy munosabatiga qanday yuridik faktlar ta'sir etishiga qarab nikoh: a) er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb, e'lon qilishi oqibatida; b) er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yo'li bilan, shuningdek, sud tomonidan muornalaga layogatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin (Oila kodeksining 37-moddasi). Vafot etish yuridik fakt bo`lib, er-xotin o`rtasidagi nikoh munosabatini tugallaydi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan er-xotindan birining vafot etgan deb e'lon qilinishi o`z huquqiy oqibati bo`yicha o`limga tenglashtiriladi. Shuning uchun vafot etgan deb e'lon etilgan shaxs bilan uning eri yoki xotini o'rtasidagi nikoh ham tugallanadi. Er-xotindan biri vafot etgan yoki sud tartibida vafot etgan deb e’Ion qilingan hollarda ular o`rtasidagi nikoh huquqiy munosabati tugallanadi. Bunday holda tirik bo`lgan tomon yangi nikohga o`tish huquqiga ega. Fuqaroni qonunda belgilangan tartibda vafot etgan deb e'lon qilish uni vafot etgan, degan ehtimolga asoslanadi. Ba'zi hollarda bu fuqaro tirik bo`lishi ham ehtimoldan xoli emas. ---------------------------------------------------------144------------------------------------ O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 37-moddasiga binoan, "Vafot etgan deb e'lon gilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning qaerda turganligi ma'lum bo'lgan taqdirda, uni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinadi". Shunday holatni hisobga olib, gonunchilikda bo'lgan kamchilikni to'ldirib, yangi Oila kodeksining 48-moddasida "Sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilingan yoki bedarak yo'qolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelgan va tegishli sud qarorlari bekor gilingan hollarda, nikoh erxotinning birgalikdagi arizasiga ko'ra fuqarolik holati malarini qayd etish organi tomonidan tiklanishi mumkin. Agar er (xotin) yangi nikohga kirgan bo'lsa, nikohni tiklash mumkin emas". Nikohdan ajralish yugorida keltirilgan ikki asosdan farq qilib, fagat er-xotinning hayotligida ro`y beradi. 2-§. Nikohdan ajralish uchun asoslar Bizning jamiyatda nikoh bir umrga tuzilgan ahdnoma hisoblanadi. Ma'lum holatlarda, agar oila amalda buzilgan, uni tiklash uchun asos yo'q deb topilsa, u ajralish asosida tugatiladi. Nikohdan ajralish er-xotin o`rtasidagi huquqiy munosa'oatlarni kelajak vaqt uchun tugatishga asos bo`ladi Bunday ajralish nikohni haqiqiy emas deb topishdan farq qiladi. Nikohni haqiqiy emas deb topishda nikoh vujudga kelgan vaqtdan boshlab huquqiy munosabatlar tugallanadi. Biroq nikohdan ajralish bilan hamma huquqiy munosabatlar qonunda belgilangan shartlar (Oila kodeksining 15-bobidagi "Er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning aliment majburiyatlari" 117-121-moddalar)ning mavjudligi tufayli tugallanmaydi. Oila kodeksida nikohdan ajralish uchun aniq asoslar ko`rsatilmagan va bun] ko'rsatish mumkin ham emas, chunki er yoki xotin keltirgan bir asos ayrim hollarda nikohdan ajratish uchun yetarli bo'lishi mumkin, alohida holatlarda esa ajratish uchun asos bo'lmasligi ham mumkin. Shuning uchun sud amaliyotini hisobga olib Oila kodeksi amalda bo'lgan qoidani saglab golib, uni quyidagicha belgiladi: "Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani -------------------------------------------------145---------------------------------------
• er-xotindan bittasining doimiy ravishda spirtli ichimlik ichib, oilada janjal ehigarishi; er-xotinlik munosabatiga xiyonat qilish; oilada bola tug`ihnasligi; • oilaviy ishlarga qarindoshlarning aralashib janjall chiqarishi (ayniqsa, qaynona-kelin mojarolari) va boshqalar. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling