O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
-§. Nikoh shartnomasining mazmuni
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
3-§. Nikoh shartnomasining mazmuni
Nikoh shartnomasi mazmunining asosiy elementi er-xotin mulkining huquqiy tartibini belgilashdir. Nikoh shartnomasi bilan belgilangan bunday tartib er-xotin mulkining shartnomaviy tartibi deb ataladi. Nikoh shartnomasi tartibini belgilashda er-xotinlarga juda keng huquglar beriladi. Nikoh shartnomasi er-xotinlar bir-birlarini moddiy ta'minlash yoki biri ikkinchisini moddiy ta'minlashini ko'rsatish huquqiga ega. Shartnomada belgilangan shartlar aliment majburiyatining umumiy ----------------------------------------------139------------------------------------------- qoidalariga mos kelmog`i kerak. Xususan, muomalaga layoqatsiz er yoki xotinning huquglari buzilmasligi lozim. Ammo nikoh shartnomasida qonun bo'yicha aliment olish huqugiga ega bo'lmagan er yoki xotinga aliment to'lash belgilanishi mumkin. Birinchi navbatda bu o'z xohishlari bilan, oila manfaatini o`ylab ishi yoki o`qi hini qoldirgan er-xotinlarga taallugli bo `ladi. Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi mumkin (Oila kodeksining 31moddasi, 4-bandi). Masalan, ularning mulki bir yil davomida bo'lingan, bu muddat o'tishi bilan umumiy bo'lib qolishi to`g`risida kelishib olishlari mumkin, Er-xotinning nikoh shartnomasi bilan belgilangan huquq-va majburiyatlari muayyan shart-sharoitning vujudga kelishi yoxud kelmasligiga ham bog'liq qilib qo'yilishi mumkin. Bu shartlar kechiktirish hamda bekor qilish shartlari bilan ham tuzilishi mumkin. Masalan, er-xotin shartnoma tartibiga ko'ra mol-mulkining alohidali'gini belgilab, agar oilada bola tug'ilsa, umumiy tartibda hal bo'lishini ko'rsatishlari mumkin. Yoki er-xotindan bittasi o'qishi tamom bo'lishiga qadar ikkinchisi tomonidan moddiy ta'minlanish shartini belgilash bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Har qanday fuqarolik huquqiy bitimlarida hagiqiy bo'lishi uchun qanday shartlar belgilansa, nikoh shartnomasida ham shunday shartlar qo'yilishi mumkin. Subyektlar muomala layoqatiga ega bo'lib, ularning xohishi erkin ifodalanishi lozim. Shuningdek, nikoh shartnomasi er-xotinlarning shaxsiy nomulkiy munosabatlarini tartibga Bola olmaydi. Bu masala shu bilan bog'liqki, nikoh shartnomasiga faqat shunday huquq va majburiyatlar kiritilishi murnkin, ular bajarilmagan holda ularning bajarilishi majburiy ravishda amalga oshiriladi. Yuqorida bir necha bor ta'kidlab o`tganimizdek, faqat shaxsiy xarakterga ega bo'lgan majburiyatlar majburiy ravishda amalga oshirilishi mumkin emas. Er-xotinlar o'z shaxsiy munosabatlarini kelishish asosida hal qilishlari mumkin, ammo bu kelishish huquqiy xarakterga ega bo`1maydi. Shuningdek, nikoh shartnomasi mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning aliment olish huquqini cheklashga qaratilgan shartni belgilay olmaydi. ------------------------------------------------------140------------------------------------------ Nikoh shartnomasida tatbiq etilishi mumkin bo'lgan yana quyidagi maxsus cheklash mavjud: nikoh shartnomasi er-xotindan bittasini og'ir noqulay ahvolga solib qo'yishi mumkin emas. Aks holda bu bitim bahsli bitim bo'lib, huquqi buzilgan er yoki xotinning da'vosiga ko'ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday maxsus asos kiritilishining zaruriyati shu bilan bog`ligki, nikoh shartnomasi taraflarning shaxsiy munosabatlari bilan bog'liq.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling