O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikoh shartnomasini tuzish
IX mavzu. ER VA XOTIN MOL-MULKINING
SHARTNOMAVIY TARTIBI 1-§. Nikoh shartnomasi tushunchasi Oila kodeksida er-xotinlarning mulkiy huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi normalarda ham bir Bator o'zgarishlar sodir boldi. Avvalo, bu o`zgarishlar, yangiliklar mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi tamoyillarda ifoda etiladi. Er-xotinning qonuniy tartibdagi mulki ularning qonun hujjatlarida belgilangan imperativ normalar bilan tartibga solingan mulkidir. Imperativ normalar bilan tartibga solinadigan, er-xotinning kelishuvi bilan o`zgartirib bo`lmaydigan ularning mol-mulkining qonuniy tartibi bilan birga ularning dispozitiv normalar bilan tartibga solinadigan mil-mulkining shartnomaviy tushunchasi ham mavjud. Yangi Kodeksga er-xotinlarning qonuniy mulkidan tashqari II bolim 6-bobning 29-36-moddalarida belgilangan "Er va xotin molmulkining shartnomaviy tartibi" ham kirib keldi. Bu qoidani qonunchilikka kirib kelishining sababi bozor iqtisodiyotini yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy mulkchilik mavjudligi bilan bog`liq. Nikoh shartnomasi deb, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bolgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ulaming mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuviga aytiladi. Yangi Oila kodeksi loyihasini tayyorlashda er-xotin mulkining qaysi biri to'g'ri degan masala tug'ildi. Shunda hech qanday shubhasiz birgalikdagi umumiy mulk eng maqbul deb topildi. Er-xotinning qonuniy mulk tartibining mavjudligi er-xotinning nikoh shartnomasini tuzishlari shart emasligini anglatadi. Statistika ma'lumotlari shundan dalolat beradiki, hatto nikoh shartnomasi anchadan beri mavjud bo`Igan davlatlarda ham nikoh shartnomasini ko'pchilik axoli tuzayotgani yo'q. Barcha fuqarolar uchun bir xil huquq va erkinliklarni ifodalab bergan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi nikoh shartnomasining asosi hisoblanadi. Uning birdan-bir sharti, uni ----------------------------------------------------136------------------------------------------- amalga oshirishning kafolati boshqa shaxslarning huquq va erkinliklari buzilishiga yo`1 qo'ymaslikdir. Er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkiga shartnomaviy munosabatlar tatbiq etilishi umumiy tartibda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 216-moddasi 1-bandida belgilangan. Oila huquqining normalari esa ularni har taraflama kengaytirib bergan nikoh shartnomasining huquqiy tabiati; uni tuzish shakli; nikoh shartnomasining mazmuni; uni o'zgartirish, tasarruf etish, haqiqiy emas deb topish asoslaridan iborat. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353 -moddasi 1-bandiga asosan "Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquglari va burchlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi - shartnoma deyiladi". Umumiy ko'rinishda bunday ta'rif nikoh shartnomasiga ham tegishlidir. Ammo bu shartnomaning o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Shunday qilib Nikoh shartnomasining shakliga tegishli hisoblangan o'zaro boglangan ikki taraf ham: o'z huquqidan o'z xohishi bo'yicha erkin tasarruf etish huquqi; er va xotinning har birining mulkiy huquglarining buzilishini bartaraf etish; mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning mulkiy huquqi buzilishini bartaraf etish; erxotinning mulkiy huquqini ta'minlab, ma'lum barqarorlikni saglab qolish; nafaqat jismoniy shaxsning, hatto davlatning ham mulkiy manfaati kafolatlanishiga rioya gilishga imkon beradi. Nikoh shartnomasining o'ziga xos xususiyati nafaqat uning shaklida, hatto ichki mazmunida ham ifodalangan. Ular Oila kodeksining 31-moddasida keltirilgan umumiy qoidalar bilan belgilanib, erxotin qonun bilan belgilangan er-xotinning birgalikdagi mulki tartibini o`zgartirib, uning o'rniga er-xotin shartnomasi tartibini belgilash huquqiga egadirlar. Nikoh shartnomasi Oila kodeksining 31-moddasi 5-bandiga binoan "Er-xotinning huquq layoqati va muomala layoqatini, ularning o'z huquglarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquglarini cheklashni, er-xotin o`rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, erxotinning bolalarga nisbatan bolgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, mehnatga layoqatsiz, ta'minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi goidalarni, er va xotindan birini o'ta -------------------------------------------------137------------------------------------------- noqulay holatga solib qo'yuvchi yoxud oila to'g'risidagi qonun hujjatlarining normalariga Ad keluvchi boshqa shartlarni nazarda tuta olmaydi". Aks holda, birinchidan, er-xotindan bittasining huqugini cheklashga, ikkinchidan, Oila kodeksi 1-moddasi talablari buzilishiga yo`1 qo'yiladi.
------------------------------------------------138-------------------------------------------- 2-§. Nikoh shartnomasini tuzish "Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro `yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh davlat ro'yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro'yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi" (Oila kodeksining 30-moddasi). Agar nikoh shartnomasi nikoh davlat ro'yxatiga olingungaa qadar tuzilgan bo'lsa, bunday nikoh shartnomasi kechiktirib bajariladigan shartli bitim hisoblanadi. U faqat nikoh tuzilgandan song kuchga kiradi. Nikoh shartnomasini uning subyektlari fagat er-xotin bo`lganligi munosabati bilan, ularning nikohga kirishi bilan bog'lamoq darkor. Agar shaxs nikoh yoshiga to'lmagan bo'lsa, u ota-onasi yoki homiysining roziligisiz nikoh shartnomasini tuzaolmaydi. Voyaga yetmagan er yoki xotin nikoh tuzishi bilan to'la muomala layoqatiga ega bo'lib, mustaqil nikoh shartnomasini tuzishi mumkin. Nikoh shartnomasini tuzish uchun er-xotin muomala layogatiga ega bo'lishlari lozim. Agar er-xotindan birortasi muomala layoqatiga ega bo'lmasa, u holda uning nomidan nikoh shartnomasini uning homiysi tuzadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31-moddasiga binoan fugaroning muomala layoqatini cheklash nikoh shartnomasini tuzishga ham ta'sir ko`rsatadi. Chunki muomala layoqati cheklangan shaxs faqat mayda maishiy bitimlarni tuzish huquqiga ega.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling