3-§. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo`lish
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo`lishda avvalo er-xotinning har biriga tegishli bo'lgan xususiy mink belgilab olinadi. Keyinchalik esa umumiy mulkdan gaysilari er-xotindan qaysi biriga tegishli ekanligi aniglanadi. Shunday hollarda, ular o`rtasida mink
-----------------------------------------------------------133------------------------------------- teng hissada bo'linsa, er-xotindan bittasiga qimmati boshqasiga tegishli bo`lgan mulkdan oshiqroq ashyo berilsa, ikkinchi tomonga farqi doirasida tegishli pul summasi berilishi lozim. Qonun sudni masalani bunday asosda hal qilishga majbur etmaydi. Pul summasini undirib berish masalasini ko'rayotganda sud ishning aniq sharoitiga qarab (erxotin har birining moddiy va boshqa oilaviy holatlarini inobatga olib) hal giladi. Bunday holatda er-xotindan bittasiga birgalikdagi umumiy mink tarkibiga kirgan uyning qismi uchun pul to`lash belgilansa, u egallagan xonani bo'shatib berishi lozim.
Mulkdor o'z mulkiga nisbatan egallash, foydalanish va tasarruf gilish huquglariga ega. Agar er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki nikohdan ajralish vaqtida bo'linmagan bo'lsa, bunda er-xotindan biri amalda faqat mulkka nisbatan egalikdan mahrum bo`lmasdan, undan foydalana olmasligi ham mumkin. Shunday qilib, ajralish er-xotinlarga yoki ulardan biriga ularning qonuniy huquqini amalga oshirishga mugarrar ravishda ta'sir gilishi mumkin. Bu to'g'rida u bilganligi uchun, er-xotinlarga umumiy mink huquqi asosida tegishli bo'lgan mulkni bo`lish uchun belgilangan uch yillik da'vo muddati nikoh tugagan vaqtdan, ya'ni ajralish haqida sudning hal giluv qarori qonuniy kuchga kirgandan song hisoblanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |