O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)

Boshqaruv vazifalari. 
Dastlab “funksiya” va “vazifa” iboralarining lug‘aviy ma’nosi to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z. 
“Funksiya” - bu lotincha so‘z bo‘lib biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, 
vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
3
3
Qarang: o‘zbek tilining izo¦li lug‘ati. M., “Rus tili”, 1981, T,II, 308 - bet. 




 

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 
______________________________________________________________________ 
Vazifa” - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo‘lgan masala, erishilishi lozim bo‘lgan, 
ko‘zda tutilgan maqsad. Yoki biror bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal.
4
“Funksiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan tor ma’noga ega. Zero, funksiya 
faqat o‘z faoliyat doirasidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish 
korxona muhandis ining funksiyasiga kirmaydi, chunki u shu bevosita marketolog faoliyati 
doirasidagi yumushdir. “Vazifa” esa o‘z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo‘lishi mumkin. 
Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga 
qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi. 
Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, 
ularning mohiyatini ochish va o‘rganish boshqaruv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishning muhim 
shartidir. 
Boshqarish funksiyalari - ko‘p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar 
bo‘yicha turkumlarga ajratib o‘rganish zaruriyati tug‘iladi. 
Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, klassifikatsiyasi va mazmunini o‘rganish 
boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun o‘ta muhimdir, chunki yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyan bo‘ladi. 
G‘arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini 
turkumlashda eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi: 

rejalashtirish; 

tashkil qilish; 

tartibga solish va muvofiqlashtirish; 

nazorat; 

rag‘batlantirish (motivlashtirish). 
Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida va hamma bosqichlarida quyidagi 
izchillikda amalga oshiriladi. 
Demak, boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni 
tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda 
rag‘batlantirish barcha funksiyalar jarayonida o‘z aksini topadi. 
Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarga 
ega bo‘lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud 
bo‘ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funksiyalar deyish 
mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo‘yiga (vertikal tomondan), ham eniga (gorizontal 
tomondan) qamrab oladi. 
Boshqarish funksiyasini turkumlashning ikkinchi yondashuvida boshqarish ishini aniq
ijrochilar bo‘yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi 
ajratiladi. Masalan, zamonaviy g‘arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam 
4
o‘sha erda, TI 170 - bet. 





Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling