O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A


Download 1.69 Mb.
bet6/6
Sana20.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1631633
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tarbiyalash

Ma`lumki, oilaviy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da belgilab qo’yilgan. Bular nikoh, er va xotin, ota-ona, farzandlar va oilaning boshqa a`zolari o’rtasidagi munosabatlardir. Shuning uchun ham oila qurishda yoshlar dastlab oila va nikoh tushunchasini, uning mohiyatini anglab etishlari maqsadga muvofiq. Bunga, avvalo, nikoh va oila qoidalarida har bir fuqaroning faqat bitta nikohda bo’la olishi, u har ikki tomonning roziligi bilan sodir bo’lishi, shaxsiy va mulkiy teng huquqlilikka ega bo’lishi, majburiyatlarda teng huquqlilik, oilaning davlat tomonidan muhofaza etilishi, onalikning muhofaza qilinishi va rag`batlantirib borilishi, o’zaro munosabatlar davlat tomonidan huquqiy tartibga solinishi kabi talablarni bilib olishlari va unga rioya qilishlari talab etiladi. Ikkinchisi, nikohdan o’tayotgan har bir yoshning ixtiyoriy ravishda unga roziligi. Majburan nikoh tuzish «Oila kodeksi»da ta`qiqlanishini bilishlari muhim. Yoshlar bilishi zarur bo’lgan uchinchi masala – bu necha yoshdan oila qurish mumkinligi

Albatta yoshlar, ayniqsa, qizlar 17-18 yoshdan balog`atga etadi. Lekin ba`zi qizlar jinsiy balog`atga etgani bilan hali ko’p jihatdan oilaviy turmushga ijtimoiy, ma`naviy, maishiy tomondan tayyor emasligi, farzand tarbiyasidagi tajribasizlik ular oilasining darz ketishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, ularning ko’pchiligida oilaviy hayot talabalik yillaridan boshlanib, bu «yuk», ayniqsa qizlarga og`irlik qiladi va salbiy oqibatlarga olib keladi. Agar yoshlarning nikohdan o’tish davri 19-20 yoshga to’g`ri kelsa, bu ularning iqtisodiy, ma`naviy, intellektual rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. Bu yoshda nikohga kirgan yigit-qizlar mustaqil hayot kechirish imkoniyatiga ega bo’ladilar

XULOSA Haqiqatan ham har bir oilaning mustahkamligi, oila a`zolarining tinch va farovon hayot kechirishi, o’zaro hurmat va izzatda yashashi uchun yoshlarni kelgusi oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasining boy tajribasidan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashda milliy qadriyatlardan foydalanish kontseptsiyasi yaratildi. Oilaviy tarbiya sohasida xalq pedagogikasining imkoniyatlari, shakl va metodlari ishlab chiqildi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasining imkoniyatlari va farzand tarbiyasida hadislardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ham xalqimiz boy tarbiyaviy merosga ega. Ana shu boy merosimizdan foydalangan holda, yoshlarni oilaviy hayotga umuminsoniy, ma`naviy-axloqiy, huquqiy, ruhiy, fiziologik-gigienik, pedagogik, estetik, iqtisodiy-xo’jalik yo’nalishlarda tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Yoshlarni mazkur yo’nalishlarda oilaviy hayotga tayyorlash o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, bular ularning ijtimoiy huquq va burchlarini egallab olishi, o’z-o’zini anglashini rivojlantirish asosida yoshlarning kasb tanlashi va oilaviy hayotga tayyorlanishga oid shaxsiy hayot tarzi ham shakllana boradi. Bu davrda fiziologik o’zgarishlardan ko’ra, ijtimoiy o’zgarishlar ko’proq namoyon bo’ladi. Yoshlarning to’g`ri kasb tanlashi, salomatligini yo’lga qo’yishi, sevgi-muhabbat tuyg`usini jilovlay olishi, turmush tarzi, bo’sh vaqtini to’g`ri tashkil eta olishi muhimdir.


Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling