O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A


Download 1.69 Mb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1631633
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tarbiyalash

Oilada kamolga etayotgan har bir shaxsni mustaqil fikr yuritadigan, aqlidrok sohibi qilib etishtirish muhim hisoblanadi. Haqiqatan ham, mustaqil insongina har qanday qiyinchiliklarga bardosh berib, hayotda o’ziga to’g`ri yo’l topa oladi va boshqa oila a`zolarining ham haqiqiy yuksak inson bo’lib etishishiga zamin yaratadi. Lekin oila va oilaviy tarbiyaga doir barcha olib borilayotgan ishlar maktabgacha va maktab yoshidagi o’quvchilarga qaratilgan bo’lib, asosan balog`at yoshiga etgan talaba-yoshlar nazardan chetda qolayapti. Aynan ularning oilaviy hayotga tayyor bo’lishlari bu davrda oilaviy hayot haqidagi mavjud bilimlari hamda tarbiyalanganlik darajalariga bog`liq bo’lib, bu bilim va tushunchalarni rivojlantirish, mustahkamlash zarur.

Sharq mutafakkirlarining ota-ona va farzandlar o’zaro munosabatlariga oid qarashlari Inson bolasi o’zi tug`ilib o’sgan oilasida ilk bor ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Uning ijtimoiylashuvi avvalo o’z oilasidagi shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshadi. U bilan dastlabki ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi odamlar: uning ota-onasi, aka-opasi va oilasidagi boshqa a`zolardir. Bolaning kelajakda shaxs sifatida shakllanib, etuk inson bo’lib etishuvida, hayotda o’z o’rnini topib ketishida uning qanday oilada tarbiyalanganligi, oilada qanday psixologik iqlim hukm surganligi, o’z ota-onasi bilan bo’lgan o’zaro munosabatlarining qanday tarzda kechganligi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham insoniyat madaniyati tarixining ilk davrlaridanoq shaxslararo munosabatlarning aynan shu turiga, yaoni oiladagi shaxslararo munosabatlarga, ayniqsa, ota-ona va farzandlar munosabatlariga, oilada bolalarning o’zaro munosabatlariga alohida eotibor berib kelingan. Bu mavzuning uzoq o’tmishga ega ekanligini biz deyarli barcha millatlar xalq og`zaki ijodiyoti namunalari misolida ko’rishimiz mumkin. Masalan, xalqimizning ming yillik tarixga ega bo’lgan buyuk dostoni «Alpomish», «Go’ro’g`li», shuningdek, Sharq mamlakatlari xalqlari uchun katta ma’naviy manba bo’lmish hind xalq dostonlari «Maxobhorat», «Ramayana» kabilarda mazkur munosabatlar tizimi yorqin tasvirlangan. Ular ming yillar davomida xalq og`zaki ijodiyoti namunalari tarzida avloddan- avlodga uzatilib, kelajak avlodlar maonaviy dunyosi, ruhiy olami, milliy qadriyatlarining shakllanishida munosib o’rin egallab kelmoqda.


Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling