O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A


Download 1.69 Mb.
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1631633
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tarbiyalash

Haqiqatan ham «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida milliy istiqlol mafkurasi vazifalaridan biri va eng muhimi «odamlarimiz, ayniqsa yoshlarimizning irodasini baquvvat qilish, iymon-e`tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan ma`naviy muhit yaratish»dan iborat ekan, ana shu muhit avvalo oilada tarkib topadi va yoshlarning hozirgi davrda hayotda o’ziga to’g`ri yo’l tanlay oladigan, hayot talablariga javob bera oladigan shaxslarga va yangi jamiyat qurishning faol ishtirokchilariga aylantirishga xizmat qiladi. Albatta, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda mavjud ilg`or oilalar asosiy andoza bo’lib xizmat qiladi. Ammo yangi qurilgan oilalarda juda ko’p muammolar paydo bo’lmoqda. Chunki har ikkala yosh yashab, ulg`aygan oilaning o’ziga xos xususiyati, turmush tarzi mavjud bo’lib, yangi oilada bu ikki xil tartib uyg`unlashishi bir qadar qiyin kechadi. Bundan tashqari, 80-yillarning o’rtalarigacha oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga etarli e`tibor berilmay, maktab, oliy o’quv yurtlari o’quv rejalarida o’smir yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, kelajakda ota-ona sifatida farzand tarbiyalash, oila a`zolarining oilada sog`lom psixologik muhit yaratish, sog`lom turmush tarzini barpo etish kabi juda ko’p muammolar tadqiqotchilarning nazarlaridan chetda qolgan edi. Ikkinchi tomondan, farzandlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ayniqsa jinsiy tarbiya borasida suhbatlar o’tkazish ayb sanalardi. Shuning uchun ham yoshlar oilaviy munosabatlar haqidagi tushunchalarni atrofdagilardan uzuq-yuluq tarzda eshitar edilar. Natijada ularda oilaviy hayot, erxotin munosabatlari haqida etarli tushuncha hosil bo’lmas edi. Uchinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga yo’naltirilgan ilmiy tavsiya va qo’llanmalar etarli emas edi. To’rtinchidan, turli axborot manbalari rivojlanib kirib kelayotgan evro’pacha oilaviy hayot tarzi yoshlarga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda.

Shuning uchun ham yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga Respublikamizda mustaqillik yillaridagina har tomonlama e`tibor berilib, bunga oila bilan bir qatorda maktab, mahalla, o’quv yurtlari, jamoat tashkilotlari, har bir fuqaroning mas`ulligiga e`tibor qaratildi va oila muammosi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma`lumki, sog`lom oilaning asoslariga oilada er- xotinning o’zaro muhabbati, ota-onalarning farzandlarga, farzandlarning ota-onalar, aka-uka, opa- singil va boshqa qarindoshlar, jamiyatga nisbatan burch va mas`uliyati kiradi. Lekin hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash o’smir va o’spirinlik davri tugashi, ya`ni umumiy o’rta ta`lim va maxsus kasb-hunar ta`limi jarayoni yakunida to’xtab qolmoqda. Vaholanki, yoshlarning ko’pchiligi aynan talabalik yillarida yoki uning yakunida oila qurganligi tufayli ham oila-nikoh munosabatlarida, oila a`zolari bilan muloqotda yuqori darajadagi ma`naviy-axloqiy va pedagogik-psixologik tayyorgarlik, turmush madaniyatiga ega bo’lishlarini talab qilmoqda. Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatdiki, ko’pchilik talaba-yoshlar bunday munosabatga kirishishga tayyor emas.


Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling