O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A


Download 1.69 Mb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1631633
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tarbiyalash

. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning nutq va risolalarida oila va barkamol avlodni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi eng muhim davlat ahamiyatiga ega masalalardan qilib qo’yilmoqda: «Bola tug`ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an`analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o’zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Dinu-diyonatli xonadon oqsoqollaridan so’rasangiz, ularni lo’nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli-hunarli qilish, boshini ikki va uyjoyli qilish», - deb o’zbek xalqining milliy xususiyatlarini ko’rsatib beradi. Haqiqatan ham, har bir shaxs dastlab oilada shakllanadi va o’zi tarbiya topgan oila an`analari uning hayotida jamiyat taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham oilani mustahkamlash, bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muammolardan hisoblanmoqda. Zero, oila har bir xalqning an`analari, milliy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazib, ularning rivojlanishiga yordam beradigan, avlodlar uzviyligini ta`minlaydigan, unda kamol topayotgan har bir yoshni zamon talabi darajasida barkamol etib tarbiyalaydigan ijtimoiy institutdir. Shuning uchun ham hukumatimiz, shaxsan O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan «Oila» (1998), «Ayollar» (1999), «Sog`lom avlod» (2000), «Ona va bola» (2001) yillari deb e`lon qilinishi va shu munosabat bilan Davlat dasturlarining tuzilishi hamda uning amalga oshirilishi ham oilada yuksak ma`naviy-axloqiy muhitni yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu bilan davlatning asosiy negizini mustahkamlash bilan bog`liq bo’lgan xalqimizning qon-qoniga singib ketgan va mustaqillik sharofati bilangina vujudga kelgan azaliy intilishi yuzaga chiqdi. CHunki oila mustahkamligi bir-ikki yilda amalga oshadigan jarayon emas. O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da: «Ota-ona o’z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o’z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o’z bolalarining sog`ligi, jismoniy, ruhiy, ma`naviy va axloqiy kamoloti haqida g`amxo’rlik qilishlari shart», - deyiladi


Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling