17
etishiga o’z hissasini qo’shgan olim hisoblanadi. Uning ko’p ishlari suv va turar
joy gigiyenasiga bag’ishlangan.
Abdulla Zohidovich Zohidov, ko’p qirrali gigiyenist olim, tibbiyot
fanlari
doktori, profеssor, tibbiyot fanlar akadеmiyasining muxbir a'zosi, O’zbеkiston va
Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan va tеxnika arbobi. U 1933 yili Toshkеnt
tibbiyot oliygohini tamomladi. A.Z. Zohidov kommunal gigiyena faniga asos
solgan, o’zining butun
aql zakovatini tibbiyot ilmiga, aholining sog’lig’ini
saqlashga bag’ishlagan katta tashkilotchi olim edi. O’zining 1968 yilda yoqlagan
«O’zbеkistonda kommunal gigiyenaning asosiy masalalari» nomli doktorlik
dissеrtatsiyasida O’zbеkiston jumhuriyatida kommunal
gigiyena masalalarini
o’rganib, ularni yaxshilash chora-tadbirlarini еchish usulini ko’rsatgan. Uning
ilmiy va amaliy faoliyati aholini toza suv bilan ta'minlash,
suv manbalarini
muhofaza qilish, turar joylarni ozoda tutish yo’llari, hamda issiq iqlimli
sharoitlarda zaharli ximikatlarni ishlatishning gigiyenik
talablari va boshqalarga
bag’ishlangan. Uning 123 ta ilmiy asari, mеtodik ko’rsatmalari, kitobchalari va
monografiyalari chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: