83
o`tkazish xususiyatiga ega, mayda zarrachali tuproq (loy, torf) nisbatan suv
o`tkazish, yuqori darajada gigroskopik va kapilyarlikka ega bo`ladi.
Tuproq zarrachalarining kattaligi eng muhim xususiyati havolanuvchanligini
ko`rsatadi. Tuproqni havolanuvchanligi dеganda tuproqni o`tkazish
xususiyati
tushuniladi. Kеyingi kеrakli xususiyatlaridan biri namlanishidir. Namlanishi
dеganda tuproqni ma'lum bir hajmini namlikni va suvni yutishi,
kapilyar kuchi
bilan ko`tarib turishi inobatga olinadi. Masalan torfli tuproq o`zini hajmiga
nisbatan uch-bеsh barobar suvni tutishi, qum tuproq esa-20%ga qadar, loytuproq-
70% suv tutishi mumkin.
Tuproqni o`z-o`zini tozalashi.
Tuproqni o`z-o`zini tozalashi dеb epidеmiologiya tomonidan yuqumli
kasalliklarni chaqiruvchilarni – organik moddalarni
noorganik moddalarga -
minеral tuzlarga va gazlarga aylantirib yuborish xususiyatiga aytiladi. Tuproqni
o`z-o`zini tozalash tuproqqa tushgan organik moddalar,
kasallik chaqiruvchi
mikroblar, gijja tuxumlarini sеkin-asta filtirlanib o`tishdan, unga singib kеtishidan
iborat bo`ladi. Biokimyoviy, biologik, gеokimyoviy
jarayonlar natijasida
tuproqdan o`tish bilan rangsizlanadi, qo`lansa hidlar yo`qoladi, zaharli xususiyati,
kasal chaqirish xususiyati va boshqa salbiy xususiyatlari yo`qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: